Ğuzor tumani IIB navbatçilik qismining 2021 yil 1 noyabr kuni soat 19:20 lardagi xabariga köra, Ğuzor tumani, Paçkamar qişloğidagi Eski gips toş konidan yoşi 30-35 larda bölgan erkak jasadi topilgan. Murda oyoqlari juft qilingan, ikkala qöllari orqaga qayrilib sim bilan boğlangan, kuyiş jarohatidan vafot etgan holda bölgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 2 noyabr kuni Ğuzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tezkor suriştiruv davomida murda Ğuzor tumani, Sovliğor mahallasida yaşovçi A.E. ekani, uşbu jinoyatni uning akasi K.E. sodir etgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, marhum A.E. mast holatda doimiy ravişda onasi S.D.ni uyatli sözlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 2021 yil 31 oktabr kuni soat 14:00 larda A.E. mast holatda onasi bilan yana janjallaşib, uni haqorat qilib uydan çiqib ketgan. Buni eşitgan K.E. ukasini çoyxonada sinfdoşlari bilan spirtli içimlik içib ötirgan joyidan topib, A.K.ga tegişli Lacetti maşinasida uyga olib kelgan.
Söng uni urib, qöl va oyoqlarini sim bilan boğlab, şu kuni soat 22:00 larda qasddan öldiriş maqsadida qöl va oyoqlarini boğlab özining maşinasi yukxonasiga joylab, Paçkamar qişloğidagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan öldirgan.
2021 yil 2 noyabr kuni K.E. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan hamda himoyaçi bilan ta'minlanib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
Qaşqadaryoda spirtli içimlik ta'sirida bölgan şaxs hamqişloğini kaltaklab öldirdi
Qaşqadaryoda sevgan qizining erini piçoqlab öldirgan yigit va uning şerigiga sud hukmi öqildi











