Hisobotda ta'kidlanişiça, kompaniya bu maqsadda Yevro-6 standartiga mos keluvçi dizel dvigatelida işlovçi Mercedes-Benz E-Class maşinalarida 8 ta maxsus qurilmani qöllaydi. Hozirgi vaqtgaça noma'lum bölib qolgan uşbu qurilmalar muayyan işlaş rejimlarida azot oksidi moddasi körsatkiçlarini ança kamaytirib körsatgan.

Uşbu qurilmalar DUH tomonidan noqonuniy deb topilgan, çunki ular çiqindilarni laboratoriya şaroitida ölçaşda natijalarni yangliş körsatiş uçun qöllangan. Ta'kidlanişiça, kompaniya maşinalari atrof-muhitga çiqaradigan azot oksidi miqdori aslida belgilangan me'yorlardan 5 marta köproqni taşkil qiladi.

Öz navbatida, Germaniyaning avtomobil transporti federal boşqarmasi uşbu qurilmalardan xabari borligini va ular noqonuniy emasligini ma'lum qilgan.

2018 yilda Daimler kompaniyasi Germaniyada 238 mingta avtomobilni ortga qaytarib olgan. Bunga Mercedes Vito, C-sinf va GLC dizel modellarida çiqindi gazlarini tozalaş tizimini öçirib qöyuvçi qurilma aniqlangani sabab bölgan.

Daimler, Volkswagen va boşqa bir qator avtomobilsozlik kompaniyalari bir neça yil avval “dizelgeyt” deb nomlangan mojaro markazida qolgandi. Öşanda kompaniyalar özlarining dizel avtomobillarida atrof-muhitga çiqariladigan zararli çiqindilar hajmini kamaytirib körsatuvçi dasturiy ta'minot qöllaşda ayblangan.