Qaror loyihasi Turkmaniston prezidentining joriy yil 4-5 oktabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifi doirasida imzolangan hukumatlararo bitimlar kuçga kirişi uçun zarur bölgan içki davlat protseduralarni amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Mazkur loyiha bilan Toşkent şahrida 2021 yil 5 oktabr kuni imzolangan Özbekiston hukumati bilan Turkmaniston hukumati örtasida tovar aylanmasini köpaytiriş va xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasida özaro manfaatli şeriklik aloqalarini kengaytiriş töğrisidagi bitim hamda Özbekiston hukumati bilan Turkmaniston hukumati örtasida Özbek-Turkman çegaraoldi savdo zonasi – savdo markazi faoliyatini taşkil etiş va tartibga soliş töğrisidagi bitimni tasdiqlaş közda tutilmoqda.
Qayd etilişiça, qaror loyihasi qabul qilinişi orqali Toşkent şahrida 2021 yil 5 oktabr kuni imzolangan yuqoridagi hukumatlararo bitimlar kuçga kirişi uçun zarur bölgan içki davlat protseduralari amalga oşiriladi hamda bitimlarni qöllaş uçun zamin yaratiladi. Ikki mamlakat tadbirkorlik sub'yektlari örtasida barter asosida tovarlar savdosini yölga qöyiş, Özbek-Turkman çegaraoldi savdo zonasini taşkil etiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar köriş mumkin böladi.












