Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Yevropa Ittifoqida Yaqin Şarqdan qoçqinlarni Belarus orqali boşqa davlatlarga tranzit qiluvçi mafioz tuzilma borligini aytdi. Siyosatçi “Natsionalnaya oborona” jurnali boş muharriri Igor Korotçenkoga bergan intervyusida Polşa va Litva çegarasida yuzaga kelgan migratsiya muammosiga şunday izoh bergan.
“Migrantlar kelib, çegaraga yöl olmoqda. Mana keça, bu birinçi marta bölişi, 2 mingga yaqin migrant Belarusning turli joylarida – Minskda, örmonlarda töplandi. Ularni bu joylarga keltirişgan. Uşbu tranzitni muayyan odamlar ta'minlamoqda: ular migrantlarni samolyotga ötqazmoqda, samolyot bu yerga kelmoqda, söngra ular çegaraga olib borilmoqda va undan ötkazib qöyilmoqda. Narigi tomonda ularni özlarining odamlari – polyaklar, nemislar, ukrainlar qabul qilmoqda. Bularning barçasi ma'lum haq evaziga qilinmoqda”, deb aytgan Lukaşenko.
Uning aytişiça, “bu iş bilan nemislar va asosan polyaklar hamda ukrainlar va litvaliklar, ya'ni muayyan mafioz tuzilma” şuğullanmoqda.
“Qoçqinlarning Germaniya, Fransiya, boşqa davlatlarda yaçeykalari mavjud. Ular bir-biriga qönğiroq qilişadi — “keling, sizni kutib olamiz”. U yerda ularni allaqaçon kutişmoqda”, deb öz sözlarini davom ettirgan Belarus rahbari.
Uning fikriça, migrantlar Yevropa davlatlariga kör-körona emas, balki manzilli yöl olmoqda.
“Ular mavhum joyga, fazoga yöl olişmayapti. Migrantlar Germaniyada ularni kutayotgan aniq odamlar oldiga yöl olişmoqda – kimningdir u yerda yaqinlari, döstlari va yana kimlaridir bor. Agar kimdir ular ming kilometrlab telbalarça yuguryaptilar deb öylayotgan bölsa, adaşadi – bu tentaklik. Barçasi puxta taşkillaştirilgan. Belarus bunda faqatgina bir oraliq bosqiç”, deb ta'kidlab ötgan Belarus prezidenti.
Ayni vaqtda Litva va Polşa Belarus hududidan migrantlar oqimiga töqnaş kelgan. Avgust oxirida Polşa noqonuniy muhojirlarga qarşi kuraş maqsadida Belarus bilan çegarada tikanli sim örnatgan. Litvada esa çegarada favqulodda holat e'lon qilinib, devor örnatila boşlangan.
8 noyabrda Belarus va Polşa çegarasidagi Bruzgi-Kuznitsa nazorat-ötkaziş punkti yaqinida yuzlab qoçqinlar töplandi. Minsk va uning qöşnilari örtasida migratsion inqiroz boşlanganidan buyon bu yerda qoçqinlarning bu qadar katta oqimi kuzatilmagan. Varşava bunga javoban çegaradagi 12 mingdan ortiq harbiyni jangovar holatga keltirgan.












