BMT afğon şifokorlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida ularga maoşlarini jönatdi. Xalqaro taşkilot yuborgan jami summa 8 mln dollarga yaqinni taşkil qilgan. Pullar “Tolibon”ni çetlab ötgan holda yuborilgan. BMT yana 7 mln dollarni Afğonistondagi tibbiy muassasalar faoliyati uçun sarflagan.

“Mamlakat nafaqat tibbiy, balki moliyaviy inqiroz şaroitida bölgan vaqtda kimdir buni qilişi kerak edi”, deb aytgan BMT vakili Kanne Vinaraja.

Ma'lumotlarga köra, BMT Afğonistonning 34 ta viloyatidan 31 tasidagi 2,2 mingdan köproq tibbiy taşkilotga yordam körsatgan. 2 mingga yaqin tibbiy xodimga naqd pul beriş közda tutilgan, çunki bu odamlar çekka hududlarda yaşab, zamonaviy moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniga ega emas.

Biroq BMTda Afğonistonga pullar qanday ötkazilayotgani oşkor qilinmagan.

Avvalroq Jahon banki toliblar hukumati tan olinmagunça, Afğonistondagi işini tiklamasligini ma'lum qilgan.