Klerk saraton kasalligi sabab vafot etgan. Şu yil mart oyida Klerkning özi unda kam uçrovçi tana saratoni – mezoteliom aniqlanganini e'lon qilgandi. Bu kasallik asosan inson öpkasining faoliyatini yomonlaştiradi. Tezda davolanişni boşlagan Klerk iyun oyida operatsiya qilingandi. 2020 yil oktyabr oyida Klerkning öğli ham 53 yoşida aynan şu kasallikdan vafot etgan.

Frederik de Klerk 1989 yildan 1994 yilgaça JAR prezidenti bölib işlagan. U mamlakatning oxirgi oq tanli prezidenti edi. Klerk 1990 yilda JARda 33 yil javom etgan irqiy aparteid tizimiga çek qöyib, ozodlik harakati yetakçisi Nelson Mandelani qamoqdan çiqaradi. 1993 yilda Mandela va de Klerk birgalikda tinçlik yönalişida Nobel mukofotini qölga kiritadi.

Nelson Mandela va Frederik de Klerk tinçlik yönalişida Nobel mukofotini qabul qilmoqda. 1993 yil

1994 yilda Nelson Mandela JAR prezidenti bölgaç, de Klerk 1996 yilgaça ikki yil davomida mamlakatning ilk vize-prezidenti bölib işlagan.

Ma'lumot uçun, 1961 yildan 1994 yilgaça JARda irqiy ayirmaçilikka asoslangan aparteid hukm surgan. Bu vaqt davomida mamlakatni 11 rahbar boşqargan va ularning barçasi oq tanli bölgan. De Klerk aparteidni yakuniga yetkazgaç, mamlakatni Nelson Mandelladan boşlab faqat qora tanli prezidentlar boşqarib kelmoqda.