Argentina hukumati beş mamlakatga AstraZeneca kompaniyasining qariyb 1 mln doza koronavirusga qarşi vaksinasini beğaraz asosda berişga qaror qildi. 

«Birdamlik va qardoşlik tamoyillariga asoslanib, Argentina Mozambik (450 ming doza), Sent-Lyusiya (18 ming doza), Sent-Vinsent va Grenadina (11 ming doza), Vetnam (500 ming doza) va Dominika (2 ming doza) davlatlariga vaksinalar partiyasini taqdim etişga qaror qildi», deyiladi mamlakat prezidenti imzolagan dekretda.

Qayd etilişiça, 1 noyabr holatiga Argentina aholisining 75 foizi vaksinaning kamida bir dozasi bilan, 56,5 foizi esa töliq emlangani uşbu qaror qabul qilinişiga sabab bölgan.

Argentina soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, mamlakatda 20 haftadan buyon koronavirus yuqtiriş holatlari soni pasayişi qayd etilmoqda.

Argentina aholini emlaşni davom ettiriş uçun yetarliça vaksina zaxirasiga egaligi ta'kidlangan.