Bojxona xodimlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qöyilgan 132 ming quti tamaki mahsulotlari yöq qilindi. Qömita ma’lumotlariga köra, Özbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi 2024 yil davomida 19 foizdan 9,6 foizga kamaygan. Bunga çegara bojxona postlarida örnatilgan rentgen qurilmalari hamda xorijiy davlatlarning bojxona tizimlari bilan örnatilgan integratsiya katta yordam bergan.

Joriy yil 6 mart kuni Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida qiymati 9,3 mlrd sömlik 132 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib, yöq qilindi. Uşbu tamaki mahsulotlari noqonuniy muomaladan olib qöyilgan. Tadbirda ilk bor “Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yiliga mos ravişda sigaretlar qoğoz öramlaridan alohida ajratib olindi va yoqildi. Ma’lumotlarga köra, Özbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi 2024 yilning yanvar oyida 19,4 foizni taşkil etgan, yil yakuniga borib bu körsatkiç 9,6 foizga kamaygan.

“Bu tadbirlar profilaktik ahamiyatga ega, ya’ni şu jarayonni körgan, kelgusida şu kabi qonunbuzilişi holatlarini sodir etiş istagida yurgan şaxslarni yöldan qaytarişga xizmat qiladi. Yana bir jihati, noqonuniy muomaladan olib qöyilgan tamaki mahsulotlarining askariyati Özbekiston hududidan tranzit tarzida harakatlanayotgan transport vositalariga ortgan holda keyinçalik ularni içki hududda tuşirib qoldirişga urinişlar köproq kuzatilardi. Şu holatlarning oldini oliş maqsadida ötgan yilning oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori qabul qilindi. Şu bilan endilikda tovar egalari bojxona organlarining depozit hisobraqamlariga ma’lum bir pul mablağini qöyişadi. Söng respublikaga kirgan, tranzit tarzida ötişi kerak bölgan tamaki mahsulotlari çiqib ketgandan keyin ular qaytariladi. Bu amaliyot natijasini berib ulgurdi”, - deydi Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev.

Bundan taşqari, qömita 10 ta davlatning bojxona tizimlari bilan özaro integratsiya örnatgan. Tangriyevga köra, bu amaliyot mazkur mamlakatlardan Özbekistonga çiqayotgan tovarlar haqidagi ma’lumotlar hali öşa yuk transport vositasi kelmasidan oldin kelib tuşadi. Şuningdek, tamaki ortilgan yuk, temiryöl transport vositalari rentgen qurilmalari örnatilgan çegara bojxona postlaridan harakatlanişi belgilandi.

Ma’lum bölişiça, 2025 yilning ötgan davrida 137 ta holatda qiymati 9,3 mlrd sömlik 305 ming quti tamaki mahsulotlari foş qilingan.

Bojxona qömitasi raisi örinbosari Otabek Çoriyevning aytişiça, noqonuniy tamaki olib kirişning yangi usullari paydo bölmoqda. Uning sözlariga köra, 22 fevral kuni “Sirğali” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omborlaridan birida hamda Buxorodagi “Xöjadavlat” temiryöl çegara bojxona postida tezkor tadbirlar ötkazilgan. Har ikki holatda ham tamaki mahsulotlari travertin plitalari orasiga yaşirilgani aniqlangan.