Qoraqalpoğistonda joylaşgan «Dovud ota» (Qozoğistonning «Tajyen») çegara ötkaziş punkti 1 fevraldan vaqtinça yopiladi, deya xabar bermoqda Özbekiston Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev.

Punktlar orqali harakatlaniş uç oy muddatga vaqtinça töxtatiladi. Çeklov fuqarolar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan oşmaydigan yuk avtomobillariga taalluqli. Istisno tariqasida 3,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillarining harakati uzluksiz davom ettiriladi.

Uşbu vaqtda çegara ötkaziş punktlarida ta’mirlaş va jihozlaş işlari olib boriladi va u Qozoğiston tomonidan jismoniy şaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlaş maqsadida joriy etilmoqda.

Mazkur davr mobaynida «Tajyen» — «Dovut ota» çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlanuvçi şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan oşmaydigan yuk avtomobillari «Yallama», «Zangiota (Navoiy)», «Oq oltin» va «Malik» ötkaziş punktlari orqali harakatlanişlari söraldi.

Jismoniy şaxslar «Qoraqalpoğiston» temiryöl ötkaziş punkti orqali yölovçi poyezdlarida harakatlanişi mumkin.