Manbaning ma'lum qilişiça, Şahrisabz şahrida faoliyat yurituvçi “Orzu” xususiy korxonasi (nomi özgartirilgan – Kun.uz) Qaşqadaryo viloyat soliq boşqarmasi mansabdor şaxslaridan norozi bölib Biznes-ombudsman devoniga murojaat qilgan.

Aniqlanişiça, viloyat soliq boşqarmasi tomonidan xususiy korxonaning 2020 yil davomida tadbirkorlar bilan tuzgan 7 ta şartnomasi közböyamaçilik uçun tuzilgani aytilgan. Söng korxonaga uşbu şartnomalar asosida hisobga olingan 128 million 512 ming 179 söm qöşilgan qiymat soliği summasini tölaş talabi bildirilgan.

“Orzu” xususiy korxonasi viloyat soliq boşqarmasining uşbu harakatidan norozi bölib, 7 ta şartnomaning közböyamaçilik uçun tuzilmaganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etgan. Lekin soliq boşqarmasi tomonidan uşbu hujjatlarga e'tibor berilmasdan, korxona hisobraqamidan 24 million 30 ming söm yeçib olingan.

Soliq kodeksining 14-moddasida huquqni suiiste'mol qilişning, bitim qalbakiligining (közböyamaçilik uçun tuzilganining) holatlarini aniqlaş, şuningdek ularning oqibatlarini qöllaş soliq organlari tomonidan, soliq tölovçi norozi bölgan taqdirda esa soliq organlarining da'vosi böyiça sud tomonidan amalga oşirilişi belgilangan. 

Uşbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan “Orzu” xususiy korxonasi manfaatida Qaşqadaryo viloyat soliq boşqarmasining harakatlarini qonunga xilof deb topiş töğrisida sudga ariza kiritilgan.

Qarşi tumanlararo ma'muriy sudining joriy yil 8 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan soliq kodeksining yuqorida qayd qilingan talabi e'tirof qilinib, Qaşqadaryo viloyat soliq boşqarmasining xususiy korxonaga nisbatan 128 million 512 ming söm qöşilgan qiymat soliği hisoblaş bilan boğliq harakatlari qonunga xilof deb topilgan.