Joriy yilning 17-24 noyabr kunlari «Termiz» poligonida özbek-qozoq harbiy maşğulotlari bölib ötadi. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maşğulotlarda Qozoğiston tomonidan 100 dan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etadi, köp funksiyali Su-30SM qiruvçi samolyotlari, S-295 harbiy-transport samolyotlari, taktik uçuvçisiz uçiş apparatlari jalb etiladi.

«Birgalikdagi maşğulotlardan közlangan maqsad - qöşma vazifalarni hal etişda ikki qardoş davlat qurolli kuçlarining muvofiqligi va özaro hamkorligi darajasini oşirişdan iborat», — deyiladi Qozoğiston Mudofaa vazirligi ma'lumotida. 

Maşğulotlarda bölinmalar qidiruv-razvedka operatsiyasi, duşman otryadlarini yöq qiliş paytida jangovar gvardiya bölinmalari harakatlarini işlab çiqiş, noqonuniy qurolli tuzilmalar tajovuzi va uni bartaraf etişni aks ettiriş, yaradorlar hamda yaroqsiz texnikalarni jang maydonidan olib çiqişni amalga oşiradi.

Avvalroq, Özbekiston va Qozoğiston tomonidan «Qalqon-2021» maxsus kuçlarning qöşma harbiy maşğulotlari ötkazilgandi.