Oliy ma'lumotli kadrlar sonini oşiriş maqsadida 2022 yilda oliygohlar soni yana 5taga oşirilib, 115taga yetkaziladi. 2021 yilda esa ularning soni 110tani taşkil etgan. Bu haqda 2022 yil uçun işlab çiqilgan budjetnomada ma'lumot berilmoqda.

Şuningdek, 2022 yilda doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar sonini 2 barobarga oşiriş belgilangan bölib, qabul kvotasi 3600tagaça köpayişi rejalaştirilgan. Uşbu maqsadlar uçun 2022 yilda 453,6 mlrd söm yoki 2021 yilga nisbatan qöşimça 186 mlrd söm ajratiladi.

Oliy ta'lim xarajatlarining davlat budjeti jami xarajatlariga nisbatan uluşi joriy yilda 1,4 foizni taşkil etgan bölsa, keyingi yilda bu körsatkiç 1,6 foizga yetişi közda tutilgan.

2022 yilda davlat budjetining ta'lim sohasiga ajratgan xarajatlari 46,9 trln söm miqdorida yoki budjet jami xarajatlarining 21,9 foizini taşkil etişi belgilanmoqda.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 2018 yilda 11ta, 2019 yilda 10ta, 2020 yilda 7ta va 2021 yilda 4ta yangi oliy ta'lim muassasasi oçilgan.