Jizzax viloyatida qaşqadaryolik şaxs boşqaruvida bölgan, harakatlanib ketayotgan yuk maşinasida yonğin sodir bölgan. Oqibatda uning ustiga yuklangan paxtaning bir qismi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 17 noyabr kuni soat 17:02larda Jizzax viloyati FVBga 101 qisqa raqami orqali M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Ş.Raşidov tumani hududidan ötuvçi 998-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasida yonğin sodir bölgani töğrisida ma'lumot kelib tuşgan.

Aytilgan joyga darhol yonğin-qutqaruv bölinmalari yuborildi. Ular soat 17:27da manzilga yetib borişgan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida yuk maşinasi va uning yukxonasida bölgan 97 toy paxta xomaşyosi yonğindan saqlab qolingan. Yonğin soat 17:42da töliq bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaro B.Ş. boşqaruvidagi MAN rusumli yuk maşinasiga yuklangan 18 toy paxta xomaşyosi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Qayd etilişiça, hozirda yonğin sababi va körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.