Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida qaşqadaryolik haydovçi boşqaruvida bölgan yuk maşinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 16 avgust kuni soat 22:27larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumani hududidan ötuvçi 989-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasida yonğin sodir bölgan.

Yonğin haqida xabar tuşgandan söng, voqea joyiga Jizzax viloyati FVBning yonğin-qutqaruv bölinmasi yuborilgan va yonğin soat 23:05da bartaraf etilgan.
Qayd etilişiça, yonğin oqibatida, Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi fuqaro F.A. boşqaruvidagi VOLVO rusumli yuk maşinasi va unga ortilgan quriliş materiallari töliğiça yonib ketgan. Ta'kidlanişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va jabrlanmagan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, yonğin yuk maşinasi şinasi yorilişi natijasida yuzaga kelgan. Hozirda körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jizzaxdagi «metan zapravka»da «Jiguli» yonib ketdi
Jizzaxda somon ortilgan yuk maşinasi yonib ketdi

















