Vaksina – yagona çora bölgani sababli mamlakatimizda aholini emlaş böyiça bir qança qonun-qoidalar işlab çiqildi. Unga köra, COVID-19ga qarşi emlaniş majburiy qilib belgilandi. Bu kabi qonunlarga amal qilmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ayni paytda yurtimizning barça viloyatlarida nazorat tadbirlari boşlangan”, — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov Kun.uz’ga bergan xabarida.
Ilk natijalarga köra, Toşkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi va hududiy bölimlari tomonidan viloyatda 1863 ta tekşiriş tadbirlari ötkazilgan va 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan. Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik sub'yektlari va 5035 nafari esa budjet taşkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolardir.
Bu kabi fuqarolarga albatta qonunçilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uçun qonuniy çoralar körildi. Bunday holatlar Toşkent viloyatida 3608tani taşkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtinça işdan çetlaştirilgan, 374 nafari tegişli tartibda jarimaga tortilgan bölsa, beştasi faoliyati töxtatilgan obektlardir.
Ta'kidlanişiça, boşqa viloyatlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari ham tez orada e'lon qilinadi.












