18 noyabr kuni Boş prokuraturada kengaytirilgan hay'at yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati. Yiğilişni boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ötkazgan.
Hay'at yiğilişida mamlakatda qonuniylikni ta'minlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida yöl qöyilgan xato va kamçiliklar hududlar kesimida tahlil qilingan. Şuningdek, prokuratura organlarining ba'zi xodimlari tomonidan sodir etilgan nojöya va nomunosib xatti-harakatlar, şu jumladan, korrupsiyaviy holatlar keskin tanqid qilingan.
Biroq rasmiy relizda söz aynan qanday nojöya harakatlar, korrupsiyaviy holatlar borayotganiga aniqlik kiritilmagan. Yöl qöyilgan xato-kamçiliklarning hududlar kesimidagi tahlili natijalari oçiqlanmagan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yiğilişda viloyat, tuman (şahar) prokurorlari va ularga tenglaştirilgan prokurorlarning, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Majburiy ijro byurosi rahbarlarining hisobotlari tinglangan.
Yiğilişda faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan hamda xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bölgan 18 nafar xodimga intizomiy jazo çoralari qöllandi. Biroq uşbu xodimlar aynan qanday xatolarga yöl qöygani, xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda böliş deganda nima nazarda tutilgani, ularga nisbatan qanday intizomiy jazolar qöllangani mavhumligiça qolgan. Şu bilan birga, 18 nafar prokurorning iş joyi, lavozimlari haqida lom-mim deyilmagan.

“...Xodimlar mas'uliyatini tubdan oşiriş, prokuratura xodimi degan nomga doğ tuşiruvçi nojöya xatti-harakatlar sodir etmasliklari haqida qat'iy ogohlantirildi”, deyiladi rasmiy relizda.
Avvalroq 17 iyul kuni ötkazilgan Boş prokuratura hay'ati yiğilişida 2021 yilning birinçi yarmida 208 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, şuningdek, prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida aybdor şaxslardan qariyb 720 mlrd sömlik zarar undirilişi ta'minlangani








