15-19 noyabr kunlari tovar-xomaşyo birjasida ötkazilgan oçiq birja savdolari yakunlariga köra AI-80 markali avtomobil benzinning örtaça sotiliş narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 10 mln 129,4 ming sömdan 9 mln 168,4 ming sömgaça yoki 9,5 foizga pasaygan. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hafta yakuniga köra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1 foizga ösgan.
Şuningdek, birja savdolariga qöyilgan benzin hajmida kiçik 1 tonnalik lotlarning uluşi 6 foizdan 30 foizgaça oşirilgan. Buning natijasida benzin sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagaça, ya'ni 4,5 barobarga ösgan.
Ma'lumot uçun, turli manbalarda keltirişiça avtomobil benzinning 1 tonnasi örtaça 1293-1370 litrni taşkil qiladi.
Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari birja savdolariga qöyilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik sub'yektlari iştirok etib, ötgan haftaga (249 ta) nisbatan uşbu körsatkiç 2,2 barobarga oşgan.
Bunda kiçik hajmdagi lotlar böyiça savdolarda iştirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani taşkil etib, ular umumiy savdo iştirokçilarining 62 foiziga töğri kelgan.
Ta'kidlanişiça, birja savdolariga qöyilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar böyiça iştirokçilar talabi joriy yilning 19 noyabr kuni 1 857 tonnani taşkil etib, 16 noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oşgan.












