«Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi. 

«Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida»gi qonun 23-1-modda bilan töldirildi, unga muvofiq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va şart-şaroitlarini örganiş hamda tahlil qiliş uçun öz vakolatlari doirasida qamoqda saqlaş joylariga moneliksiz kiriş va zarur hujjatlar bilan tanişiş huquqiga ega.

«Parlament nazorati töğrisida»gi, «Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi, «Oliy Majlisi Senatining reglamenti töğrisida»gi qonunlar tegişli ravişda 8-2-, 25-2-, 26-2-moddalar bilan töldirildi, ularda respublikada korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi milliy ma'ruzani körib çiqiş tartibi belgilandi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi har yili milliy ma'ruza tayyorlaydi, u agentlik direktori tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi. Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qömitalari milliy ma'ruzani dastlabki tarzda körib çiqadi hamda fikrlar va takliflarni işlab çiqadi, ular Qonunçilik palatasi va Senatning majlislarida majburiy ravişda hamda har tomonlama muhokama qilinadi. Milliy ma'ruzani körib çiqiş yakunlari böyiça Qonunçilik palatasi va Senat qarorlarni qabul qiladi, ularda respublikada korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar bölişi mumkin, uşbu qarorlar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yuboriladi.
 
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi Qonun 12-3-modda bilan töldirildi, unda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari belgilandi.

JIKning 18-moddasi 3-qism bilan töldirildi, unda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimlariga öz vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilişining sabablari va şart-şaroitlarini örganiş hamda tahlil qiliş maqsadida jazoni ijro etiş muassasalariga moneliksiz kiriş, zarur hujjatlar bilan tanişiş huquqi berilişi belgilangan.