Rossiya Jazoni ijro etiş federal xizmati (FSIN) direktori Arkadiy Gostev 11-sentabr kuni MDH davlatlari penitensiar xizmatlari rahbarlari kengaşining XI yiğilişida bu haqda maʼlum qildi.

U «Interfaks» agentligi savoliga javob berar ekan, hozirda Rossiya axloq tuzatiş koloniyalarida 16 nafar AQŞ fuqarosi jazo ötayotganini aytdi.

Gostevning sözlariga köra, amerikaliklarning aksariyati giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, kontrabanda, davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş, zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar, şuningdek, jinsiy daxlsizlikka qarşi jinoyatlar uçun sudlangan.

FSIN rahbari Rossiya jinoiy-ijro tizimi muassasalarida saqlanayotgan xorijliklarning umumiy soni haqida ham maʼlumot berdi. Unga köra, ayni paytda Rossiyadagi tegişli muassasalarda qariyb 25 ming nafar xorijiy fuqaro saqlanmoqda.

Ularning katta qismini MDH mamlakatlari fuqarolari taşkil etadi. Taxminan 4,5 ming nafar xorijlik tergov hibsxonalarida, yana 14,1 ming nafari esa axloq tuzatiş koloniyalarida saqlanmoqda.

FSIN maʼlumotlariga köra, Rossiyada ozodlikdan mahrum etiş muassasalarida saqlanayotgan xorijliklar soni 2024-yildan buyon kamaygan.

Arkadiy Gostev bu tendensiyani, birinçi navbatda, mamlakatda jinoyatçilik darajasining umumiy pasayişi bilan izohlagan.

Rossiya qamoqxonalari va koloniyalarida saqlanayotgan AQŞ fuqarolari masalasi Moskva va Vaşington munosabatlaridagi muhim mavzulardan biri bölib qolmoqda. Sönggi yillarda ikki davlat bir neça bor mahbuslar almaşinuvini amalga oşirgan.

Şuningdek, Rossiya va AQŞda sudlangan ikki mamlakat fuqarolarining taqdiri bilan boğliq masalalar diplomatik muloqotlarda muntazam ravişda kötarib kelinadi.