Yil boşidan buyon AI-80 benzini örtaça sotiş kotirovkalari 5 mln 811,8 ming sömdan, 10 mln 5 ming sömgaça yoki 72 foizga qimmatlaşgani ma'lum qilingandi. Bu yil boşidan beri ommaviy talabga ega eng qimmatlaşgan mahsulot hisoblanadi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Farrux Qoraboyev esa bu holatni ikki omil bilan izohlagandi.
Birinçi omil, içki talab ösişi va jahon bozorlarida narxlar özgarişi.
Ma'lum qilinişiça, avtomobil benziniga bölgan talab oxirgi ikki yilda 1,1 mln tonnadan 1,3 mln tonnaga oşgan. Bu esa talab va taklif örtasida nomutanosiblik paydo qilmoqda. Mamlakat içkarisidagi korxonalarning ehtiyojlarni töliq qondiriş imkoniyati mavjud emasligi oxirgi oylarda qayta-qayta takrorlandi. Demak, narxlarni pasaytiriş uçun import imkoniyatlaridan köproq foydalaniş kerak. Ammo Özbekistonga çetdan neft va neft mahsulotlarini import qiliş juda murakkabligiça qolmoqda.
Iqtisodçi Abdulla Abduqodirovning fikriça, benzin importi aholi va transport vositalari sonining ösiş sur'atiga mos kelmagan darajada ösib boryapti.
«Import qilişga majburmiz. Çunki bizda iste'molga yetarli darajada neft mahsulotlari yöq. Birdan bir çora import. Töğri, yangi konlarni qidirib topib, ularni işga tuşiriş mumkindir, lekin bu tezda hal böladigan iş emas.
Import qiliş uçun esa korxonalar maxsus litsenziya olişi kerak. Buning uçun juda oğir talablar qöyilgan. U talablarni bajarişning özi murakkab. Bajarilgan taqdirda ham u talablarga rioya qilişda ayrim muammolar bor.
Özbekiston bilan atrofdagi regional bozorlardagi benzin narxlari juda katta farq qiladi. Agar şu mahsulotlar Turkmaniston, Qozoğiston yoki Rossiyadan bevosita çeklovlarsiz olib kirilsa, öylaymanki, narxlar tezda tuşib ketardi. Haqiqiy raqobatbardoş bozor bölsa, narxlar pasayadi albatta», deydi iqtisodçi.
Demak, benzin narxi oşib ketişiga bozordagi sun'iy çeklaş bevosita ta'sir körsatgan.
Ma'lumot uçun, Globalpetrolprices.com sayti tahlillariga köra, 15 noyabr holati böyiça 1 litr sifatli benzin narxi Turkmanistonda 4598 sömni, Qozoğistonda 4937 sömni, Rossiyada 7499 sömni, Qirğizistonda 7916 sömni taşkil etgan. Özbekistonda esa 10 151 söm ekani qayd etilgan. Narxlar soliştirilganda köriş mumkinki, Özbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozoğistonga nisbatan ikki barobar qimmat.
Keyingi sabab sifatida jahon bozoridagi narxlar oşişi asos sifatida keltirilmoqda. Lekin ötgan yilning aprel oyi oxiri may oyi boşida eng sifatli Brent markali neft narxi 22-25 dollar bölgan paytda ham Özbekistonda sifatli benzin narxi 2500 – 3000 sömgaça pasaymadi. Hattoki, AI-80 markali benzin narxi ham «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Uluğbek Aşurov va'da qilganidek 4000 sömdan arzonlaşmadi.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning ta'kidlaşiça, neft arzonlaganda arzonlaşmaydigan, neft qimmatlaşsa qimmatlaşadigan AI-80ni Brent’ga boğlaş mantiqan notöğri.
«AI-80 benzini işlab çiqariş uçun işlatiladigan va Özbekistonda qazib olinadigan neftning umumqabul qilingan markasi mavjud emas. Şimoliy dengizda qazib olinadigan va eng oliy nav hisoblanadigan Brent tipidagi neftdan farqli ölaroq Özbekiston nefti oğir va tarkibida oltingugurt miqdori juda yuqori hisoblanadi. Soliştiriş uçun eng yaqini deb hisoblasak, masalan, Turkmen blend navi Brent’ga nisbatan 20 foizgaça diskont bilan sotiladi. Boşqaça aytganda, AI-80 benzini 82 dollarlik Brent tipidagi neftdan emas, nari borsa bozor narxi 65 dollarlik özbek neftidan işlab çiqariladi», deydi u.
Ikkinçi omil sifatida ayrim işlab çiqaruvçilarning içki bozordagi monopol mavqeyi saqlanib qolayotgani sabab birja savdolarida mayda yoki örta xaridorlar imkoniyati çeklangani keltirib ötilgan.
Birja savdolarida benzin yirik lotlarda, ya'ni 60 tonnadan ortiq miqdorda qöyilişi mayda xaridorlar imkoniyatini çeklab qöygan. Oxirgi haftadagi savdolarda esa 1 tonnalik lotlar uluşi 6 foizdan 30 foizgaça oşirilişi sabab xaridorlar soni 32dan 143gaça, ya'ni 4,5 barobarga ösgan. Natijada narxlar 9,5 foizga pasaygan.
Kun.uz ötkazgan suriştiruvlarga köra, birjadagi narxlar pasayişi yonilği quyiş şoxobçalaridagi narxlarga deyarli ta'sir qilgani yöq. Qöpol qilib aytadigan bölsak, iste'molçilar çöntaklari narx tuşganini sezmadi.
Yana bir jihatga e'tibor qaratadigan bölsak, nima uçun Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi piçoq borib suyakka qadalgunga qadar birjadagi narxlar sun'iy ravişda kötarilişining oldini oliş uçun bozorni töyintiriş, arzon narxlar asosida kiçik xaridorlarga ham imkoniyat beriş masalasiga e'tibor qaratmadi. Bu jarayonlarni muttasil ravişda kuzatib boriş, örganişlar ötkaziş qömitaning funksial vazifasi emasmi?
Geografik va narx-navo faktorlarini ham inobatga oladigan bölsak, Özbekiston uçun Qozoğistondan benzin import qiliş eng qulay hisoblanadi. Buni 2020 yildagi statistik ma'lumotlar ham isbotlaydi. Ammo oxirgi 6 oydan ziyod vaqtdan beri Qozoğiston hukumati çetga benzin eksport qilişga çeklov örnatdi. Hukumatning mas'ul idoralari esa import geografiyasini kengaytiriş uçun ötgan katta davr mobaynida aniq çora-tadbirlar amalga oşirgani haqidagi ma'lumotlarga duç kelmadik.
Yuqori benzin narxi iqtisodiyot uçun juda ham xatarli. Çunki benzin narxi oşişi proporsional tarzda iste'molni kamaytirmaydi va barça tovar va xizmatlar bahosiga bosim ötkazadi. Yonilği energetika resurslari narxlari ösişi bilan birinçi navbatda oziq-ovqat, keyin xizmatlar narxlari qimmatlaşişi mumkin.
Doston Ahrorov












