Har bir öyinning alohida e'tiborga loyiqligi şundaki, maydonga tuşadigan jamoalarning har birida heç bölmasa Yevropa Ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun imkoniyat saqlanib qolgan. «Liverpul» va «Ayaks» guruhda 1-örin masalasini hal qilib ulgurgan bölsa-da, bu jamoalar ham doim muxlislar uçun çiroyli futbol namoyiş etişlari bilan tanilgan. Quyida A-D guruhlaridagi vaziyat va jamoalar imkoniyati haqida.

A guruhi

Mançesterda öziga xos arab derbisi bölib ötadi va bu öyin natijasi guruh ğolibi masalasini hal qilişi mumkin. «Mançester Siti» ğalaba qozonsa, sönggi tur natijasidan qat'i nazar 1-örinni olib, pley-offga çiqadi. Töğri, uşbu öyindagi durang ham «şaharliklar» peşqadam sifatida qolişini ta'minlaydi, ammo oxirgi turda «PSJ» «Bryugge»ni qabul qilişi, «Mançester Siti» esa safarda «Leypsig»ga qarşi qiyin öyinda maydonga tuşişini e'tiborga olsak, imkon qadar bugungi öyinda barça masalani hal qiliş lozim.

Ikkinçi juftlikdagi «Bryugge»da ham nazariy jihatdan keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati saqlanib qolgan. Buning uçun belgiyaliklar qolgan ikki öyinni ğalaba bilan yakunlaşi, «Mançester Siti» va «PSJ»dan biri har ikki öyinda ham mağlubiyatga uçraşi talab etiladi. Masalan, bugun «Bryugge» safarda «Leypsig»ni yengib, «PSJ» Mançesterda mağlubiyatga uçrasa yoki durang qayd etsa, oxirgi turdagi «PSJ» – «Bryugge» öyini hal qiluvçi böladi.

Tabiiyki, «Leypsig»da ham öziga yaraşa motivatsiya mavjud. Nemislar «Bryugge» ustidan ğalaba qozonib, ulardan özib ketişi mumkin. Bu esa heç bölmasa Yevropa Ligasi yöllanmasini qölga kiritişda yordam beradi.

Taxminiy tarkiblar

«Mançester Siti» - «Pari Sen-Jyermen» (01:00. Mahalla va MatçTV)
«Man Siti»: Ederson; Uoker, Ruben Diaş, Lyaport, Joau Kanselu; Bernardu Silva, Rodri, Gundöğan; Mahrez, Foden, Sterling
Öynamaydi: de Breyne (kasallik), Ferran Torres (oyoq kafti)
Söroq ostida: Griliş (aniqlaştirilmagan).

«PSJ»: Navas; Xakimi, Markinos, Kimpembe, Nunu Mendeş; Guey, Paredes, Verratti; Messi, Mbappe, Neymar
Öynamaydi: Draksler, Letele, Rafinya (barçasida son qismidagi jarohat)
Söroq ostida: Kimpembe (bel muşaklaridagi jarohat), Mbappe (kasallik), Ramos (formada emas).

«Bryugge» - «RB Leypsig»
«Bryugge»: Minole; Mata, Hendri, Nsoki, Sobol; Sova, Balanta, Rits, Lang; Vanaken, de Ketelare
Öynamaydi: Iskerdo (aniqlaştirilmagan)
Söroq ostida: Vormer (tovondagi jarohat)

«Leypsig»: Martines; Simakan, Gvardiol, Orban; Myukile, Kampl, Laymer, Anxelino; Nkunku; Forserg, Andre Silva
Öynamaydi: Adams (diskvalifikatsiya), Gulaçi (kasallik), Halstenberg (tizza), Olmo (son), Poulsen (boldir), Saraççi (tizza)
Söroq ostida: Aydara (golenostop), Laymer (beldagi jarohat), Simakan (şamollaş), Soboslai (golenostop)
Sariq kartoçkasi bor: Simakan.

V guruhi

Uşbu guruhda yaqqol yetakçi bor – «Liverpul» 4 öyinda 100 foizlik natija körsatib, guruh ğolibligi masalasini muddatidan oldin hal qilgan. Bugun «Enfild»da mehmon böladigan «Portu»ga esa oçko suv va havodek zarur. Öz navbatida «Milan» pley-offga çiqiş uçun sönggi imkoniyatini Madridda «Atletiko»ga qarşi öyinda işlatib köradi.

Katta ehtimol bilan ikkinçi yöllanma masalasi 6-turda «Portu» – «Atletiko» öyinida hal böladi. Katta ehtimol bilan öşa öyin ğolibi yakunda «Liverpul»ga şerik sifatida Çempionlar Ligasining bahordagi öyinlari uçun yöllanmani qölga kiritadi. Kuraşga «Milan» ham aralaşişi mumkin, buning uçun italiyaliklar bugun Madridda, sönggi turda esa «Liverpul» ustidan öz maydonida ğalaba qozonişi talab etiladi. Qolaversa, boşqa öyinlar ham «Milan» uçun kerakli hisobda yakunlanişi, ya'ni «Portu» bugun «Liverpul»da mağlubiyatga uçrab, sönggi turda «Atletiko»ni yenga olmasligi kerak böladi.

Taxminiy tarkiblar

«Liverpul» - «Portu» (01:00. Sport2 va Matç Futbol2)
«Liverpul»: Alisson; Uilyams, Konate, van Deyk, Tsimikas; Oksleyd-Çemberlen, Fabino, Henderson; Saloh, Minamino, Mane
Öynamaydi: Elliot (golenostop), Firmino (son muşaklaridagi jarohat), Gomes (boldirdagi jarohat), Jons (köz)
Söroq ostida: Jota (lat yegan), Keyta, Milner (bel sohasida jarohat), Origi (kasallik), Roberson (son)
Sariq kartoçkasi bor: Milner

«Portu»: Diogu Koşta; Vendell, Mbemba, Pepe, Joau Mariu; Uribe, Serjiu Oliveyra, Dias, Otavio; Torimiy, Evanilson
Öynamaydi: Markano (golenostop)
Söroq ostida: Pepe (oyoq)
Sariq kartoçkasi bor: Uribe, Vitinya

«Atletiko» - «Milan» (01:00. Atletiko — Milan / Yoshlar va Matç Futbol1)
«Atletiko»: Oblak; Karrasko, Saviç, Ximenes, Ermoso, Vsalko; Koke, Lorente, Lemar; Grizmann, Suares
Öynamaydi: Felipe (diskvalifikatsiya), Joau Feliks (boldirdagi jarohat), Tripper (yelka)
Söroq ostida: Şaponiç (son)
Sariq kartoçkasi bor: Joau Feliks, Kondogbia, Suares

«Milan»: Teteruşanu; Kalyulyu, Romanoli, Ker, Ernandes; Kessi, Tonali; Salemakers, Braim Dias, Leao; Ibrahimoviç
Öynamaydi: Menyan (bilak), Rebiç (golenostop), Plitssari (tizza), Messias (son), Tomori (son)
Sariq kartoçkasi bor: Tomori

S guruhi

Bu guruhda ham, V guruhda bölgani singari yaqqol peşqadam bor – «Ayaks». Ikkinçi yöllanma taqdiri esa aynan bugun Lissabonda hal böladi. «Sporting» – «Borussiya» öyinida agar mezbonlar ikki va undan ortiq töp farqi bilan ğalaba qozonsa, pley-off yöllanmasini naqd qilib qöyadi. Çunki Dortmunddagi birinçi öyinda «Borussiya» 1:0 hisobida ğalaba qozongan. Ma'lumki, oçkolar teng bölib qolganida, özaro öyinlar inobatga olinadi. Mehmonlarning ğalabasi esa «Borussiya»ga rasman 2-örinni va muddatidan oldin yöllanmani taqdim etadi.

Agar Portugaliyadagi öyin durang hisob bilan yakunlansa, «Borussiya»ning imkoniyati oşib ketadi. Sönggi tur oldidan oçkolar teng va özaro öyinlarda nemislarning ustunligi ta'minlangan böladi. Oxirgi turda «Borussiya» «Beşiktoş»ni öz maydonida yengib, bemalol guruhdagi ikkinçi örinni olişi mumkin.

Agar bugun «Sporting» kiçik hisobda ğalaba qozonadigan bölsa, 3 oçkolik farq bilan «Borussiya»ni quvib ötadi va keyingi bosqiç uçun yaxşiroq imkoniyat hosil qiladi. Buning uçun oxirgi turda «Ayaks» maydonida durang öynalsa kifoya. Hatto mağlubiyat ham «Sporting» uçun fojia bölmaydi, çunki, «Borussiya» töplar nisbati böyiça «Sporting»ni quvib ötiş uçun 6-7ta gol kerak bölişi mumkin.

«Beşiktoş» guruhdagi 3-örin, ya'ni YeL yöllanmasi uçungina imkoniyat saqlab qolgan, ammo bu ham juda qiyin masala – buning uçun turklar ham «Ayaks»ni, ham «Borussiya»ni yengişi kerak böladi.

Taxminiy tarkiblar

«Beşiktoş» - «Ayaks» (22:45. Mahalla va Matç Futbol1)
«Beşiktoş»: Ersin Destanöğli; Roze, Vida, Montero, Umut Meraş; Hatçinson, Pyaniç, Gazzol, Aleks Teyşeyra, N'Kudu; Larin
Öynamaydi: N'Sakalya (aniqlaştirilmagan), Souza (diskvalifikatsiya)
Söroq ostida: Ridvan Yilmaz (son)

«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Lisandro Martines, Blind; Klaasen, Bergheys, Gravenberh; Antoni, Alle, Tadiç
Öynamaydi: Edson Alvares (diskvalifikatsiya), Klayber (tizza), Kudus (ömrov), Stekelenburg (çov sohasi)
Sariq kartoçkasi bor: Timber

«Sporting» - «Borussiya» Dortmund (01:00. Matç Igra)
«Sporting»: Adan: Inasiu, Koates, Feddal; Porro, Palinya, Nunes, Reys; Sarabiya, Paulinyu, Pedru Gonsalveş
Öynamaydi: Jovane Kabral (tizza), Vinagre (tizza)
Sariq kartoçkasi bor: Feddal

«Borussiya»: Kobel; Mene, Akanji, Pongraçiç, Rafael Gerreyru; Vitsel, Bellingem; Brandt, Roys, Azar; Malen
Öynamaydi: Daud (tizza), Holand (son), Hummels (diskvalifikatsiya), Morey (tizza), Reyna (son), Şmelser (tizza), Volf (son) 
Söroq ostida: Mukoko (köz), Şuls (bel sohasida jarohat)

D guruhi

Agar «Inter» öz maydonida «Şaxtyor» ustidan, «Real» esa Moldovada «Şerif» ustidan ğalaba qozonsa, bu ikki jamoa keyingi bosqiç masalasini muddatidan oldin hal qiladi, moldovaliklar esa Yevropa Ligasi pley-offiga ötadi. Ammo barçasi butunlay teskari ketişi ham mumkin. Masalan, «Şerif» ğalaba qozonsa, «Real»ni quvib ötadi, madridliklar 6-tur oldidan 3-öringa tuşib ketadi.

Bu guruhda hammada, hatto 1 oçko bilan sönggi örinni egallab turgan «Şaxtyor»da ham nazariy jihatdan keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati bor. Agar ukrainaliklar bugun Milanda ğalaba qozonib, 6-turda «Şerif»ni ham yengadigan bölişsa, oçkolari soni 7taga yetadi. Hozirda «Inter» hisobida ham şunça oçko bor. Milanliklar oxirgi turni Madridda ötkazadi va bu öyinda oçko ololmay qolişi ehtimoli bor.

Taxminiy tarkiblar

«Inter» - «Şaxtyor» (22:45. Sport va MatçTV)
«Inter»: Handanoviç; Şkriniar, Ranokkiya, Bastoni; Darmian, Barella, Brozoviç, Vidal, Perişiç; Jyeko, Lautaro Martines
Öynamaydi: de Vrey (son), Aleksis Sançes (son)

«Şaxtyor»: Trubin; Dodo, Marlon, Bondar, Matviyenko; Maykon, Markos Antonio; Tete, Pedrinyu, Mudrik; Fernando
Öynamaydi: Dentino (klubni tark etgan), Junior Moraes (tizza), Ismaili, Alan Patrik, Sudakov (barçasida aniqlaştirilmagan), Traore (tizza)
Söroq ostida: Stepanenko (aniqlaştirilmagan)

«Şerif» - «Real» (01:00. Sport va Matç Futbol3)
«Şerif»: Atanasiadis; Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano; Addo, Till; Traore, Kolovos, Bruno; Kastaneda
Öynamaydi: Kiabu (muşaklarda jarohat)
Söroq ostida: Yaxşiboyev (muşaklarda jarohat), Yansane (muşaklarda jarohat)
Sariq kartoçkasi bor: Addo, Dulanto

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Militao, Alaba, Mendi; Modriç, Kazemiro, Kroos; Lukas Vaskes, Benzema, Vinisius Junior
Öynamaydi: Beyl (tizza), Sebalos (golenostop), Azar (gastroenterit), Valverde (yomon formada)
Sariq kartoçkasi bor: Kazemiro.