Niderlandiyadagi şifoxonalarda koronavirus bemorlari uçun joy yetişmayapti va COVID-19ga çalinganlar davolaniş uçun Germaniyaga yuborilmoqda, deb yozadi The Guardian.
Seşanba kuni dastlabki bemorlar Rotterdamdan Bohum şahriga yuborildi.
Qayd etilişiça, Niderlandiyada şifoxonalarning töliş körsatkiçi may oyidan buyon eng yuqori darajaga yetgan.
OAVning ma'lumot berişiça, Niderlandiyadagi köplab şifoxonalar onkologiya va yurak-qon tomir kasalliklari bemorlari uçun joylarni qisqartirmoqda va koronavirusdan davolaşga moslaştirilmoqda.
Oxirgi haftada Niderlandiyada koronavirus yuqtiriş holatlari soni ösmoqda.
Ötgan sutkada mamlakatda 23 mingdan ortiq kişida infeksiya aniqlangan.












