24 noyabr kuni kunning birinçi yarmida Toşkent şahridagi ayrim AYoQŞlarda AI-80 markali benzinni topib bölmagan.
Kun.uz muxbiri «Özbekneftgaz»ga qaraşli ba'zi AYoQŞlarga borib, şu markadagi benzin bor yoki yöqligi böyiça holatni örgandi.
«Kiçik halqa yöli va Qorasaroy köçalari kesişmasiga yaqin joyda va Uçtepa tumani hokimligi ortida joylaşgan şoxobça va Qorasaroydagi şoxobçadagi vaziyat örganildi.
«Özbekneftgaz» matbuot kotibi Siyovuş Töraxöjayev vaziyat böyiça izoh berib, ayrim şoxobçalarda benzin tez tugab qolayotgani, sababi esa boşqa AYoQŞlarga qaraganda “Özbekneftgaz” AJga qaraşli şoxobçalarda benzin narxining 1500 sömgaça arzon ekanligi bilan izohladi.
Şuningdek, u “Özbekneftgaz” AJga qaraşli AYoQŞlarda benzin uzilişiga şu vaqtga qadar yöl qöyilmagani va bu qattiq nazoratga olinganini ta'kidladi.
Agar benzin tugadi deb aytişlari va şu kabi boşqa holatlar bilan bahona qilişlariga duç kelsangiz, (71) 200-01-24 raqamli işonç telefoniga qönğiroq qilib ma'lumot oliş va şikoyat qoldiriş mumkinligini qöşimça qildi..
Umid qilamiz, mas'ullar nafaqat yonilği bir maromda yetkazib berilişi, balki uning narxi ham mö'tadillaşişiga harakat qilişadi.











