Britaniyalik olimlar koronavirusning boşqa variantlariga nisbatan yanada xavfli yangi ştamm tarqalişi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi Daily Mail.

Ma'lumot berilişiça, uşbu ştammda köp sonli mutatsiyalar mavjud. Buning natijasida u vaksinaga ança çidamli, deb ogohlantirmoqda olimlar.

Naşrning yozişiça, hozirda Botsvana, JAR va Hongkongda yangi ştammni yuqtiriş bilan boğliq önta holat qayd etilgan.

Virusolog Tom Pikok yangi ştamm mutatsiyalarini «dahşatli» deb atadi. Mutaxassisning sözlariga köra, bu variant «Delta» ştammidan ham xavfli.

Öz navbatida, genetik Fransua Ballu yangi ştamm antitanalarga oson çap bera olişini qayd etdi.