«Toşkent şahrida Italiyaning Piza universiteti filialini taşkil etiş töğrisida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toşkent şahrida Italiyaning Piza universiteti filiali taşkil etildi.
Filialda geologiya böyiça yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yönalişida tadqiqotlar ötkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.
Ta'lim 2022-2023 öquv yilidan kunduzgi şaklda özbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, filialda ta'lim jarayoni raqamli texnologiyalar asosida individuallaştiriş, vebinar va onlayn texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etgan holda taşkil etiladi.
Filial bitiruvçilariga Piza universiteti diplomi beriladi.
Ma'lumot örnida, Piza universiteti rasman 1343 yilda taşkil etilgan, biroq bir qator olimlar uning kelib çiqişi XI asrga borib taqalişini ta'kidlaydi.
Piza universiteti qişloq xöjaligi, astrofizika, informatika, muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalarida yigirmata yuqori darajadagi fakultet va tadqiqot markazlariga ega. Universitet Jahon universitetlarining akademik reytingida 151, «QS Jahon universitetlari» reytingida 383 örinda turadi. Unda 46 ming talaba tahsil oladi.












