Adliya vazirligi xabariga köra, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargaça xodim yollaşi mumkin. Ilgari 1-3 nafar edi.
Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvaraği oçganidan söng xodim yollaş huquqiga ega böladi. YaTT xodimni yollaşda yozma mehnat şartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarçasi yuritilmaydi.
YaTT xodimini soliqda hisobga qöyiş uçun arizani şartnoma tuzgan vaqtdan 3 iş kunidan keçikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 iş kunida xodimning hisobga qöyilganligiga oid kartoçkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uçun daromad soliği va ijtimoiy soliq tölaydi.
YaTT faoliyati vaqtinçalik yoki butunlay töxtatilsa, soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanişi töxtatiladi.












