Koronavirus sababli Çexiya hukumati 26 noyabrdan boşlab 30 kunga favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi. Bu haqda Mlada fronta DNES gazetasi xabar berdi.

Çexiya boş vaziri vazifasini bajaruvçi Andrey Babiş bu ma'lumotni tasdiqladi.

“Çexiyada kovid epidemiyasi kuçayib borayotgani uçun yana favqulodda vaziyat rejimi amal qila boşlaydi. Rejim jumadan boşlab 30 kunga joriy etiladi”, — dedi u.

Çexiyada ötgan yili bahor va kuzda favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan va 2021 yil 11 aprelda bekor qilingandi.

Avvalroq Fransiyada koronavirus yuqtiriş holatlari ösayotgani sababli yangi çeklov çoralari e'lon qilingandi.