“Respublika hududidagi “Özbekneftgaz” AJning barça AYoQŞlarda benzin bölişi ta'minlanadi”, – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovuş Töraxöjayev.
Uning qayd etişiça, benzin taqçilligining oldini oliş uçun “Özbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-aşyo birjasi” AJ hamkorligida çora-tadbir işlab çiqilgan.
Sönggi haftalarda “Özbekneftgaz” va boşqa ayrim xususiy şoxobçalarda AI-80 benzini taqçilligi kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ma'lumotiga köra, 23-24 noyabr kunlari Toşkentdagi “Özbekneftgaz” şoxobçalarida AI-80 benzini 7390 sömdan, 21-22 noyabr kunlari esa 7190 sömdan sotilgan.
16 noyabr kuni aksilmonopol organ benzin narxi oşişida manipulyatsiya holatlari aniqlanganini bildirgandi. Şundan keyin qömitaning aralaşuvi bilan birjada 1 tonna miqdoridagi lotlar ham paydo böldi va birjada narxlar pasaya boşladi. Antimonopoliya qömitasi 24 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça sotiliş narxlari 1 tonnasi 10,1 mln sömdan 8,1 mln sömgaça pasaygani yoki 24 noyabr kuni narxlar 15 noyabrga nisbatan 20 foizga arzonlaşganini ma'lum qildi. Biroq birjadagi bu arzonlaşuv aksariyat şoxobçalarda narxlar tuşişiga olib kelmayapti.












