
Yoşlar işlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev taqdim etgan ma'lumotga köra, Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumani hokimligi eng köp talabalarga moddiy kömak körsatgan (242 nafar talabaga 662,7 mln söm). Eng köp kontrakt miqdorini Navoiy şahri hokimligi tölagan (176 nafar talabaga 807,2 mln söm).
«Talaba-yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan mazkur tizimni tuşunib, yoşlar bilan işlaşga harakat qilib, ularning muammolarini tinglagani, talabalarga ilm olişida kömak bergani uçun uşbu hokimliklarga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz! Bu tizimni yanada takomillaştiriş ustida işlayapmiz, jarayon hali davom etadi», deya ma'lum qilgan Alisher Sa'dullayev.
Uning xabar berişiça, respublikadagi 6 ta tumanda «Talabaga madad» loyihasi doirasida murojaat qilgan talabalarning birortasiga kontrakt pullari tölab berilmagan. Bu böyiça tegişli çoralar körilişi aytilgan.











