Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, tadbirda tomonlar taşkilotning bölajak sammitiga tayyorgarlik köriş va davlat rahbarlari körib çiqişi uçun kiritilgan qator hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almaşgan.

«Iqtisodiy Hamkorlik Taşkiloti doirasidagi köp tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Taşkilotning ixtisoslaşgan institutlari hisobotlari tinglandi va tasdiqlandi», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Şuningdek, Abdulaziz Komilov öz nutqida Iqtisodiy Hamkorlik Taşkiloti mamlakatlarida savdo-iqtisodiy aloqalarni faollaştiriş zarurligini ta'kidlab, buning uçun savdo tösiqlarini bartaraf etiş, bojxona va boşqa jarayonlarni yengillaştiriş, transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş muhimligini qayd etdi.

Ertaga, 28 noyabr kuni Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 15-sammitida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Aşxobod şahrida böladi.

Ma'lumot uçun, Iqtisodiy Hamkorlik Taşkiloti mintaqaviy köp tomonlama tuzilma bölib, mintaqa mamlakatlari örtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida 1985 yilda taşkil etilgan.

Bugungi kunda taşkilotga Özbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afğoniston a'zo. Özbekiston IHTga 1992 yilda qöşilgan.