Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbirda qömita raisi örinbosari Islombek Boqijonov Özbekistonda ekin maydonlari şörlanişi va bu jarayonda kimyoviy öğitlarni kamaytirişning örni borasidagi savolga ham javob berdi.
«Gerbitsid, pestitsid va mineral öğitlar. Ularning aksariyati bizga import sifatida kirib keladi. Avvalroq kimyoviy öğitlarning importi nazorati «Özagrokimyohimoya» AJda edi. Hozirda tugatilgan bu taşkilotning respublikada 13ta kimyoviy poligoni bor. Biz endilikda öşa poligonlarni qaror bilan özimizga olyapmiz.
Bundan taşqari, avvallari respublikaga olib kiriladigan barça kimyoviy öğitlarni nazorat qiliş böyiça alohida komissiya işlardi. Biz bu komissiyaga ham a'zo böldik. Endilikda kimyoviy moddalarning Özbekistonga kirib kelişi, işlatilişi va işlatilgaç, uning idiş, çiqindi va yorliqlari qayerga topşirilişigaça nazoratda böladi.
Biz aytyapmizki, bu kabi mahsulotlarning idişlari utilizatsiya qilinişi kerak», – dedi u.
Boqijonovning qöşimça qilişiça, hozir Özbekistonda 25 ming 784 gektar buzilgan yer maydoni bor.
«Bu «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi, Avtomobil yöllari va Geologiya qömitasi, Issiqlik elektr stansiyalari, «Özbekneftgaz» va «Lukoyl» kabi kompaniyalar hisobidan çiqib kelyapti. Bular nimadir iş qiladiki, yerni buzadi.
Biz bu maydonlarga qayta işlov berişni ularning öziga topşirganmiz.
Bu borada ular oxirgi tört yilda 6 ming 459 gektar yer maydonini bizga qayta işlov bergan holda qaytarişi kerak. Bu böyiça işlayapmiz», – dedi qömita raisi örinbosari.











