Vazirlar Mahkamasining 26 noyabrdagi qarori bilan, Toşkent şahrida yer usti halqa metro liniyalari qurilişining texnik-iqtisodiy hisobi tasdiqlandi.
Tasdiqlangan loyihaning umumiy qiymati 354,3 mln dollarni taşkil etişi közda tutilgan. Bu mablağlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalaştiriladi:
- Davlat budjeti mablağlari – 208,3 mln dollar;
- Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan – 108, 3 mln dollar;
- Xitoy Eksimbankining 500 mln dollar krediti hisobidan;
- Davlat uluşi – 37, 07 mln dollar.
Loyihaning kapitallaşuvi 317,2 mln dollarni taşkil etib, bu mablağlar maşina, asbob-uskunalar va quriliş-montaj işlarini amalga oşirişga yönaltiriladi.
Qayd etilişiça, Xitoy Eksimbankining krediti 20 yil muddatga, beş yillik imtiyozli davr bilan berildi. Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi krediti esa tört yillik imtiyozli davr bilan 15 yilga taqdim qilinadi.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent metropolitenini yanada rivojlantiriş maqsadida “Buyuk ipak yöli” bekatidan Toşkent traktor zavodi dahasigaça yerosti yöli hamda yerusti halqa metrosining ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş rejalaştirilayotgani haqida aytib ötgandi.








