Parijda 2021 yil uçun «Oltin töp» sovrinini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Unda «PSJ» hujumçisi Lionel Messi faoliyatida 7-bor «Oltin töp»ni qölga kiritdi.

34 yoşli futbolçi yakunlanayotgan yilda Argentina bilan Amerika Kubogida ğolib böldi, «Barselona» safida Ispaniya Kubogini qölga kiritdi, La Ligada eng yaxşi töpurarga aylandi.
Kuçli beşlikdan «Bavariya»ning polşalik forvardi Robert Levandovski (2), «Çelsi»ning italiyalik yarimhimoyaçisi Jorjino (3), «Real»ning fransiyalik hujumçisi Karim Benzema (4), «Çelsi»ning fransiyalik yarimhimoyaçisi Ngolo Kante (5) ham örin oldi.
Şuningdek, marosimda quyidagi nominatsiyalarda ham ğoliblar aniqlandi:
Eng yaxşi ayol futbolçi — Aleksiya Putellyas («Barselona» / Ispaniya)
Lev Yaşin mukofoti — Janluiji Donnarumma («PSJ» / Italiya)
Eng yaxşi hujumçi — Robert Levandovski («Bavariya» / Polşa)
Eng yaxşi yoş futbolçi — Pedri («Barselona» / Ispaniya)
Yilning eng yaxşi klubi — «Çelsi» (Angliya)











