26-oktabr kuni Londonda uzoq kutilgan «Oltin töp» topşiriş marosimi bölib ötdi.
Köpçilik bu mukofotga skeptik yondaşadigan bölib qolgan – uning topşirilişi mezonlari tanqid qilinadi va sönggi yillardagi ğoliblar böyiça eʼtirozlar bildirilgan. Ammo har yili millionlab muxlislar mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan bu mukofotni kim olişini intiqib kutişadi. Ötgan mavsum uçun mukofot haqli ravişda «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumçisi Harri Keynga berildi.
Keyn Maykl Ouen davridan buyon (2001-yil) «Oltin töp» qölga kiritgan ilk ingliz futbolçisi böldi. Bundan taşqari, uşbu mukofotni ötmişda Stenli Mettyuz, Bobbi Çarlton va Kevin Kigan kabi inglizlar ham qölga kiritgan.
Bu safargi poyga juda qiziq keçdi. Real nomzodlar orasida ğolibdan taşqari Lamin Yamal, Kilian Mbappe va Lionel Messining nomlari ham tilga olinyotgandi.
Futbol hamjamiyatida eng nufuzli individual sovrinni kim olişi kerakligi borasidagi bahslar bir neça oydan buyon davom etayotgandi. Har kimning öz argumentlari bor. Ammo amalda Keyn bu mukofotga eng munosib nomzod edi.
Ha, u Germaniyadagi barça sovrinlarni öziniki qilgan bölsa-da, xalqaro maydonlarda katta ğalabalarga erişa olmadi: «Bavariya» Çempionlar ligasida yarimfinalda töxtadi, Angliya milliy jamoasi esa JÇ-2026 finaliga çiqa olmadi. Lekin mukofotni topşiriş mezonlarida birinçi navbatda futbolçining individual iştirokiga baho berilişi kerakligi körsatilgan. Agar faqat jamoaviy yutuqlarga qaralganida bu safargi mukofotni Fabian Ruisga berişga töğri kelgan bölardi.
Keyn amalda ajoyib mavsum ötkazdi va ikki jihat eʼtiborga molik.
Birinçisi – muxlislarga taşqaridan körinadigan jihat: statistika. klub va milliy jamoa safidagi 73 gol – XXI asrda Yevropa klublari futbolçilari orasidagi eng yaxşi ikkinçi natija. Undan köproq golni faqat Messi 2011/12 yillar mavsumida urgandi. Taqqoslaş uçun, Kriştianu Ronalduning faoliyatida biror marta bu qadar sermahsul mavsum bölmagan va u «Oltin töp»ning beş karra ğolibi sanaladi.
Oddiy muxlislarga körinmaydigan boşqa bir jihat ham bor: gap faqat gollarda emas. Keyn futbolda inqilob qildi va hujumçi qanday öynaşi kerakligi borasidagi tasavvurlarni özgartirib yubordi. Gap uning ança ortga qaytib, «aldamçi töqqizlik» sifatida harakat qilişidagina emas. U maydonning istalgan nuqtasida paydo bölişi mumkin. U tayanç zonasiga keladi va töpni olib çiqişda yordam beradi. Raqibning qarşi hujumlari yölini tösiş uçun qanot himoyaçisiga aylanadi.

















