27-oktabrga ötar keçasi ötgan mavsum yakunlari böyiça «Oltin töp» mukofoti egasi eʼlon qilinadi. Mukofotni topşiriş marosimi tarixda ilk bor Parijda emas, Londondagi «Palladium» teatrida ötkaziladi. Bu mukofotning 70 yillik yubileyi bilan boğliq: 1956-yilda angliyalik futbolçi Stenli Metyuz «Oltin töp»ning ilk sohibi bölgandi.

Marosim Toşkent vaqti bilan soat 01:00 da boşlanadi. Uni fransiyalik sobiq futbolçi Tierri Anri va teleboşlovçi Keyt Skott olib boradi.

Taşkilotçilar barça mukofotlarni ikki soat içida topşirişni möljallagan. 2024-yildan buyon marosim «Frans Futbol» jurnali va UEFA hamkorligida ötkazib kelinmoqda.

«Oltin töp» uçun asosiy favoritlar

Asosiy mukofot uçun ikki asosiy daʼvogar bor: «Bavariya» hujumçisi Harri Keyn va «Barselona» vingeri Lamin Yamal. Angliyalik hujumçi sermahsullik borasida ajoyib körsatkiçlarga ega, ispaniyalikda esa jahon çempionati ğolibligi bor.

Şuningdek, imkoniyati nisbatan yuqori baholanayotganlar orasida Kilian Mbappe, Lionel Messi, Xviça Kvaratsxeliya va Rodri kabi futbolçilarni sanaş mumkin.

Harri Keyn («Bavariya»)

Yutuqlari: «Oltin butsa» ğolibi, JÇ bronza medali sovrindori, Bundesliga çempioni va eng yaxşi töpurari, Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogi sohibi

Angliyalik hujumçi uçun 2025/26 yillar mavsumi faoliyatidagi eng sermahsuli böldi. U ötgan mavsumda «Bavariya» safida 51 ta rasmiy öyinda 61 gol urdi. Bundesligada 36 gol bilan töpurar bölib, Yevropada qatorasiga ikkinçi mavsumda «Oltin butsa»ni öziniki qildi.

Bundesligada öyinlar nisbatan kamroqligi (34 tur) va Harri barça öyinlarda qatnaşmagani (31) hisobga olinsa, uning natijasi ahamiyati oşadi.

Terma jamoadagi öyinlar ham qöşib hisoblaganda esa uning körsatkiçi yanada salobatli: 65 öyinda 73 gol.

Gap faqat gollarda ham emas. Keyn sönggi mavsumlarda tayanç zonasida öynaydigan forvardga aylandi. Ötgan haftada «Arsenal»ga qarşi keçgan öyinda ham muxlislar nemislar jamoasining barça hujumlarini u boşlab berayotgani, hatto darvozabon pozitsiyasidan turib oldingi çiziqqa töp yetkazayotganiga guvoh bölişdi. Raqib himoyaçilari u nima qilmoqçi egaligini oldindan bilişi muşkul masalaga aylandi.