Deputat Zuhra Şodiyevaning ma'lum qilişiça, statistika böyiça mansabdor şaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd söm moddiy zarar yetkazilgan.
Qonun loyihasi bilan mansabdor şaxslarga nisbatan çoralar kuçaytirilmoqda. “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiiste'mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “ğarazgöylik” niyatida sodir etilsa, korrupsiyaviy jinoyat hisoblanişi belgilanib, mazkur harakatlar uçun oğirroq jazolar belgilanyapti.
Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan firibgarlik qiliş, soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan boş tortiş uçun hukm qilingan, biroq yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga va poraxörlik bilan boğliq jinoyatni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş yoki jazoni yengilroği bilan almaştiriş tatbiq qilinmasligi nazarda tutilgan.












