Toşkent şahrining Olmazor va Şayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda issiqlik ta'minoti vaqtinça töxtatildi. Bu haqda «Toşissiqquvvati» xabar bermoqda.
IM-10 qozonxonasiga ulangan M-0 Du-800 magistral issiqlik tarmoqlarida avariya holati vujudga kelganligi sababli, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gaça qator manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtinçalik töxtatildi.
Olmazor tumani: Farobiy, Mirzo Ğolib, Qamarniso, Şifokorlar, G.Karimov, Xöjayev köçalari hamda ToşMI, Şifokorlar şaharçasi, ÖzMU, ToşPI, G-30, Olimpiya, Çimboy, Beşqörğon-1,2,3,4, Muxbir, Qoraqamiş 2/4 mavzelarida.
Şayxontohur tumani: Farobiy köçasi hamda Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.
Bildirilişiça, hozirda avariya tiklaş işlariga 20 kişidan iborat avariya tiklaş guruhi jalb etilgan. Avariya bartaraf etiş işlari amalga oşirilib, issiqlik ta'minoti qayta tiklanişi aytilgan.












