Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysun tumani hokimligi balansida bo‘lgan Captiva-2 tuman prokuraturasiga berilgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumani hokimiyati balansida bo‘lgan Captiva-2 mashinasi tuman prokuraturasiga o‘tkazib berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Bayonotda yozilishicha, Boysun tumani hokimiyati balansida bo‘lgan, 2013 yilda ishlab chiqarilgan Captiva-2 mashinasi operativ boshqaruv huquqi bilan tuman prokuraturasiga o‘tkazib berilgan.
«Boysun tumani prokuraturasiga xizmatda foydalanish uchun ushbu rusumdagi transport vositasi biriktirilmagan. Surxondaryo viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on xabar tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangani haqida yana bir bor eslatadi», deyiladi rasmiy bayonotda.
Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 aprel kuni qabul qilgan 258-sonli qarori bilan davlat organlari va mahalliy hokimliklarda faoliyat yurituvchi mansabdorlar xizmat mashinasini yangisiga almashtirishi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berishiga cheklov belgilangan. Qarorga ko‘ra, davlat xizmatchisiga berilgan avtomobil kamida 5 yil foydalanilgandan keyingina sotilishi yoki boshqa tashkilotga o‘tkazib berilishi mumkin (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno). Bunda avtotransport vositasining texnik holati hamda undan foydalanish xavfsizligi inobatga olinadi. Shuningdek, qarorda tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi – BHMning 1000 baravari (hozir 270 million so‘m)dan oshmasligi aytilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 02.05.2026
Boysun suvlarida yana neft oqmoqda
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
19:21 / 05.01.2026