Endilikda Telegram’dagi guruh va kanallarda boşqalar kontentni saqlaşining oldini oliş, muayyan vaqt muddatlaridagi xabarlarni öçirib taşlaş, ulangan qurilmalarni yangiça usullarda boşqariş, ommaviy guruhlarda kanal nomidan anonim post qiliş imkoniyati paydo böldi. 7 dekabr kuni Telegram jamoasi tomonidan bir qança özgarişlar bilan messenjerning yangilangan versiyasi taqdim qilindi.

Guruh va kanallarda himoyalangan kontent

Endi kontent yaratuvçilar materiallarini faqat ular tanlagan auditoriya körişi uçun guruh va kanallaridan köçirişni taqiqlaşi mumkin. Buning uçun guruh va kanallar egalari xabarlarni uzatiş imkoniyatini çeklaşi mumkin. Agar uzatiş çeklansa, foydalanuvçilar bevosita mediani saqlay olmaydi va skrinşot qila olmaydi.

Xabarlarni sana asosida öçiriş

Telegram foydalanuvçilari öz yozişmalari tarixini töliq nazorat qila oladi va xabarlarni suhbatning boşqa iştirokçilaridan izsiz öçirib taşlaşi mumkin. Bugungi yangilaniş biror şaxsiy çatda muayyan kun yoki vaqt oraliğidagi xabarlar tarixini tozalab taşlaş imkonini ham beradi. Taqvimni oçiş uçun çat böylab aylantirayotganingizda qalqib çiqadigan sana paneli bosiladi va qaysi kunlarni tozalab taşlaş tanlanadi.

Muayyan sanalar uçun çat tarixini tozalaş hozirça faqat yakkama-yakka çatlarda işlaydi, lekin istalgan çatda xabarlar yuborilganidan bir kun, bir hafta yoki bir oy keyin avtomatik öçirib taşlanadigan qilib sozlaş mumkin.

Ulangan qurilmalarni boşqariş

Telegram’dan barça qurilmalarda bir vaqtda foydalaniş mumkin. Qurilmalar menyusi foydalanuvçining hisobiga qayerdan kirilganini boşqariş imkonini beradi. Yangilangan versiyada desktop (kompyuter orqali) qurilmasini tez ulaş uçun yangi tugma hamda muayyan vaqtdan keyin nofaol ilovalarda hisobdan avtomatik çiqiş uçun sozlama kiritilgan.

Röyxatdagi istalgan qurilmani bosib, u haqdagi axborotni köriş va u çaqiruvlar yoki yangi maxfiy çatlarni qabul qila olişini boşqariş mumkin.

Ommaviy guruhlarda anonim post qiliş imkoniyati

Ommaviy guruhlar va kanallar çatlarida xabar yuborganda kanal sifatida köriniş imkoniyati qöşildi. Buning uçun xabar paneli yonidagi profil rasmi bosiladi va kanallardan birini tanlaş kerak böladi. Şundan keyin foydalanuvçi yuboradigan xabarlar uning şaxsiy hisobi örniga kanal nomi va rasmi bilan körinadi.

Telegram jamoasining ma'lum qilişiça, endilikda ayrim mobil qurilmalarda Telegram’dan SMS orqali kodlarni oliş örniga login çaqiruvini qabul qiliş va çaqiruv qilgan telefon raqamining bir neçta raqamini kiritiş imkoniyati taklif qilinadi.

Şuningdek, biror guruh yoki kanalga qöşiliş sörovi yuborilganda uning admini xabar bilan javob bersa, çatning yuqori qismida uning guruhi yoki kanali nomi körinadi.

«Bu yangilanişdan boşlab bot adminlari admin bölgan çatlarida qöşilişni sörayotgan foydalanuvçilar bilan hatto foydalanuvçi oldin bot bilan muloqot qilmagan bölsa ham boğlanişi mumkin. Bu çeksiz imkoniyatlarni oçadi: qöşilişdan oldin şunçaki guruh çati qoidalarini qabul qilişdan tortib, sinov testidan ötiş, kanal yaratuvçilariga kiçik xayriya qilişgaça», – deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, dasturning Android qurilmalarida foydalanuvçilar uçun yangi çat mavzulari paydo bölgan. iOS foydalanuvçilari uçun esa avvalroq Android’larga berilgan bir qança imkoniyatlar qöşilgan.