Qarşi şahrida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasi özaro oraliq masofa saqlamasdan harakatlangan Tico maşinasini surib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 14:20 larda, Qarşi şahar, Amir Temur köçasida 1935 yilda tuğilgan haydovçi R.R. Tico maşinasini boşqarayotib yon qatorda ketayotgan yuk maşinasi bilan oraliq masofani saqlamasdan harakatlangan.

Şundan söng, Tico 1963 yilda tuğilgan M.T. boşqaruvidagi Howo rusumli yuk maşinasining yöliga çiqib ketgan. Oqibatda yuk maşinasi Tico bilan töqnaşib, uni surib ketgan.

Mazkur yöl-transport hodisasida heç kim tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Qarşi şahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.