8 dekabr kuni Denov şahrida Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Amrullo Inoyatov, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari Doniyor Masaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boş boşqarma boşliği Ölmas Muzaffarov iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda 7 dekabr kuni Denov şahrida joylaşgan savdo majmuasida sodir bölgan portlaş böyiça qöşimça ma'lumot berildi.

Denov tuman hokimligi axborot xizmati

Ma'lum qilinişiça, portlaşdan söng viloyat hokimligi tomonidan «Qişloqqurilişinvest» buyurtmasi asosida qurilgan 24ta yangi xonadon vaqtinça ijaraga olingan va uy-joyi yaroqsiz holga kelgan fuqarolar öşa yerga köçirilmoqda. Bundan taşqari, uy-joyi jiddiy zararlangan 6ta xonadon vakillariga vaqtinça yaşab turiş uçun uy berilgan.

Matbuot anjumanida viloyat hokimi portlaş oqibatida savdo markazi atrofida joylaşgan 65ta xonadonga, bir qança ijtimoiy soha obektlariga zarar yetganini ma'lum qildi. 6ta xonadonning devorlari yorilib, ularga jiddiy zarar yetgan, qolgan xonadonlarning faqat eşik va derazalari singan.

Töra Bobolov holat işçi guruh tomonidan sinçkovlik bilan örganilayotgani, fuqarolardan kimdir uyini ta'mirlaş yetarli ekanini aytayotgan bölsa, yana kimdir yangi uy olib berilişini sörayotganini, işçi guruh xulosasi bilan adolatli qarorga kelinişini ma'lum qildi.

Denov tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Feruza Törayevaning Kun.uz’ga xabar berişiça, hozirda yengil zarar körgan xonadonlarni ta'mirlaş işlari boşlab yuborilgan. Bundan taşqari, vaqtinça boşqa joyga köçirilgan oilalarga tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 7 dekabr kuni Denov şahridagi ikki qavatli savdo markazida kuçli portlaş sodir böldi. Oqibatda 9 kişi tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. Vayronalar orasidan 2 kişining jasadi topilgan.