Telba faşist öz maqsadiga yetiş uçun har qanday razillikdan toymasdi. Uning ixtiyoridagi “Şverer Gustav” zambaragi haybati bilanoq hammani dahşatga solardi. Yaxşiki bu qurolni köp miqdorda işlab çiqariş, istagan joyga olib boriş, ommaviy janglarda işlatişning imkoni yöq edi. Yöqsa, Hitlerni töxtatişning imkoni bölmas, jahon tarixi ham ehtimol özgaça tus olardi.
Adolf Hitlerning katta sahnaga çiqişi va “Şverer Gustav” zambaragining yaratilişi deyarli bir vaqtga töğri keladi. 1930 yillardan boşlab Hitler katta siyosatda şitob bilan odimlayotgan bir paytda taxminan şu yillarning oxirlarida qurolsozlikka ixtisoslaşgan Krupp oilasi ulkan zambarak loyihasini hayotga tatbiq eta boşlagandilar.

Zambarakning bu qadar haybatli bölişida aniq maqsad közlangandi. Hitler Germaniyasi öşa paytda Fransiyani jiddiy duşman deb bilar, zabt etiş uçun barça kuçlarni safarbar qilgandi. Fransiya Germaniya xavfini avvaldan his qilgan va duşmanni kutiş mumkin bölgan çegara hududiga betondan juda qimmat va mustahkam istehkom – Majino çiziğini barpo etgandi. Beton devor şu qadar qalin ediki, 7 metrlik qalinlikdagi istehkomni öşa paytdagi birorta qurol mahv eta olmasdi. “Şverer Gustav” zambaragi ayni mana şu vazifani bajariş uçun kerak edi.
Şunda Hitlerga mazkur qurol loyihasini taqdim etadilar. Dastlab işonqiramagan fyurer keyinçalik qiziqiş bildiradi va Majino çiziğini teşib öta oladigan zambarak loyihasini tasdiqlaydi.


Aniq maqsad bilan yaratilayotgan bu qurol tayyor bölganida şu qadar dahşatli körinişga keladiki, uning hujumkor körsatkiçlari na öşa davrgaça, na bugungi kungaça yangilangan. Kalibri 80 santimetrli, stvoli 30 metrdan ortiq, töliq vazni 1350 tonna bölgan zambarak 7 tonnagaça bölgan snaryadlarni 47 kilometr masofaga ota olardi.

Qurolsozlar sulolasidan bölgan Alfrid Krupp 1941 yilda Ryugenvald şahrida Hitlerga şaxsan özi zambarak imkoniyatlarini namoyiş etadi. Zambarakning öqi 7 metrli beton hamda 1 metrli himoya qoplamasiga ega devorni 37 km masofadan turib teşib ötadi. Hitler ikkita zambarakka buyurtma beradi. Krupp sulola an'anasiga köra dastlabki namuna uçun pul olmaydi, ikkinçi zambarak uçun esa 7 million reyxsmarka (bugungi kunda taxminan 25-30 million dollar) pul tölanadi.


Ammo taqdirning aççiq hazili bilan na zambarakning özi, na u parçalab taşlaşi kerak bölgan Majino istehkomi iş beradi. Nemislar Fransiyani Belgiya orqali osonlik bilan egallaydilar, zambarakni işlatişga, Majino çiziğini buzişga hojat qolmaydi. Şundan keyin öta qimmat va amalda samarasiz harbiy loyihalarni “Majino çiziği” deya ataş urf böladi.
Ammo “Şverer Gustav” zambaragi baribir uruşda qöllab köriladi. Sovet Ittifoqiga qarşi Sevastopol jangida, “Barbarossa” operatsiyasi doirasida u 30 metr çuqurlikdagi öq-dori ombori (bunker)ni yöq qiladi va bir neça istehkomlarni öqqa tutadi. Lekin bu ham hayratlanarli raqamlarsiz keçmagan – zambarakni tayyorlaş uçun 5 hafta muddat sarflanadi va 4 ming kişi ovora böladi!
Keyinçalik zambarak Leningrad yaqiniga olib kelinadi, ammo işlatilmaydi. Varşava qözğolonini bostiriş maqsadida zambarakdan öq otişga tayyorgarlik köriladi. Biroq uni tayyorlagunlariga qadar qözğolon bostirib bölinadi.


Şu tarzda işlatiş va köçiriş noqulayligi, otişga tayyorlangunça juda köp vaqt yöqotilişi, saqlaş hamda ehtiyot qismlar yetkaziş juda murakkabligi tufayli bu qurol uruş oxiriga qadar ham bekor turadi. 1945 yildagina, uruş yakuni ma'lum bölib, ittifoqçilar qöliga ötişi xavfi tuğilganida nemislar tomonidan yöq qilinadi.
Internet ma'lumotlari asosida
Abror Zohidov tayyorladi.












