Bavariya Alplarida «Burgut uyasi» nomli tarixiy bino yonib ketdi – bu uydan 1930-yillar oxirida faşistik Germaniya rahbari Adolf Hitler foydalangan.
Yonğin 23-oktabr kuni keçqurun boşlangan va tongga qadar davom etgan. Mahalliy politsiya toğ tepasidagi uşbu uyga yetib borişdagi murakkabliklar yonğinni öçirişga xalaqit berganini maʼlum qilgan. Öt öçiruvçilar voqea joyiga yetib borganida uy alanga içida qolgandi. Uni öçiriş uçun öt öçiriş xizmatining 200 ga yaqin xodimi jalb etilgan.
Politsiyaçilar uyga öt qöyib yuborilgani haqidagi versiyani körib çiqmoqda. Uy yaqinida turgan bir kişi qölga olingan, hozirda politsiya uning voqeaga aloqadorligini tekşirmoqda.

Kelştaynhaus deb nomlangan va köproq «Burgut uyasi» nomi bilan maşhur bölgan bu uy 1937-38 yillarda natsistlar rahbariyatining Oberzalsberg toğli rayonidagi yopiq kompleksi hududida qurilgan va Adolf Hitlerning qarorgohlaridan biri hisoblangan.
Dengiz sathidan 1834 metr balandlikdagi bu bino avvaliga xorijiy mehmonlarni qabul qiliş uçun maydon sifatida foydalanişi közlangandi, ammo amalda Hitler va uning yaqinlari uçun dam oliş maskani bölib qoladi.
Hitler aynan şu yerda harbiy qömondonlar bilan birgalikda 1941-yilda SSSRga bostirib kiriş rejasi tuzilgan uçraşuvini ötkazgandi. Bundan taşqari, bu hududdan u jonivorlar va tabiatni sevuvçi inson sifatida tasvirlangan tarğibot filmlarini suratga oliş uçun foydalanilgan.
Bino Hitler davrining 1945-yilgi bombardimonlardan keyin saqlanib qolgan kam sonli yodgorliklardan biri edi. Keyinroq bu uruş haqidagi filmlarda foydalaniladigan muhim joylardan biri bölib qoladi.

Şuningdek, sayyohlar orasida maşhur bölgan ziyoratgohlardan biriga aylangandi. 1952-yildan buyon bu yer sayyohlar uçun restoraniga ega toğ uyi sifatida xizmat qilib kelgan.

















