“Özgidromet” xabariga köra, 12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qorga aylanadi) böladi.
Toğ va toğoldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuçli yoğingarçilik kutilmoqda. Şuningdek, ba'zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Respublika böyiça havo harorati me'yordan 8-10 daraja pasayişi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati keçalari 3-8 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqaça, şimolda keçalari 7-12 daraja sovuqqaça, ba'zi joylarda 14-16 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqqaça pasayadi.












