Sport olamidagi ulkan pul oqimi köplab musobaqalarning jinoiy tarmoqlar va korrupsion sxemalar bilan uzviy boğlanişiga olib keldi. Sportdagi noqonuniy pul tikişlar hajmi 1,7 trln dollarni taşkil etadi. Bu haqda BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hisobotida aytilmoqda.
Bu sportdagi korrupsiya töğrisidagi ilk hisobotdir. Hisobot mualliflarining qayd etişiça, globallaşuv, ulkan pul oqimi, sportdagi qonuniy va noqonuniy pul tikişlarning jadal ösişi, texnologiyalarning rivojlanişi sportni noqonuniy daromad topişga intiluvçi jinoiy tarmoqlar uçun yanada jozibali qildi.
Hisobot 200 nafarga yaqin ekspertlar bilan hamkorlikda tayyorlangan. Unda bugungi sportdagi jinoyatçilik bilan boğliq vaziyat çuqur tahlil qilingan. Ekspertlar guruhi hukumatlar, sport taşkilotlari, xususiy sektor, akademik doiralar va boşqa manfaatdor tomonlar vakillaridan taşkil topgan.
Ular muammolarni tahlil qilişdan taşqari, jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşişning samarali uslublarini ham taklif qilgan.
Hujjat Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni va 13 dekabrda Misrda boşlanadigan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça BMT konvensiyasiga a'zo davlatlar anjumani arafasida e'lon qilindi.












