Köçalarimiz maşinalarga tölib-toşmoqda. Biroq, Özbekistonda avtomobillar soni aslida u qadar köp emas — Yevropa mamlakatlari bilan soliştirsak, hattoki bir neça ön barobar kam. Masalan, Germaniyada salkam 48 million avtomobil mavjud, lekin bu mamlakatda şaharlarda katta tirbandlik kuzatilmaydi. Özbekistonda 3 million atrofida avtomobil mavjud – poytaxtda ham, boşqa şaharlar köçalari ham doim tiqilinç.

Bu muammo haqida matbuotda köp gapirildi. Şunday bölsa-da, yana bir bor tiqilinçlar va yöldagi ölim va jarohatlarni kamaytiriş, şahar aholisi uçun qulay şaroitlar yaratiş uçun nimalar qiliş lozimligini oçiq, işonçli ma’lumotlarga tayanib keltirmoqçiman. Quyidagi qisqa va sodda ma’lumotlar işonçli tadqiqotlar va köplab mamlakatlarning 50 yillik tajribasiga asoslangan. Maqolada şahar içidagi yöllar haqida gap ketadi.

Keng yöllar — xavfli yöllar

Mana bu tadqiqotga köra, şaharlardagi keng (3,3–6 metrli) avtomobil yöllari ança xavfli, torroq (2,8–3,2 m) yöllar xavfsizroq. Torroq yöllarda tezlikni oşiriş qiyin, past tezlik ölim xavfini kamaytiradi. Masalan, 50 km/soat tezlikda kelayotgan avtomobil piyodani urib yuborganda insonning tirik qoliş imkoniyati bor-yöği 15 foiz, agar tezlik 30 km/soat bölsa, piyodaning tirik qoliş imkoniyati 90 foizga teng böladi.

Foto: wri.org

Keng yöllar tirbandliklarni kamaytiriş örniga, aksinça, köpaytiradi.

«Yöllarni kengaytiriş orqali probkani kamaytiriş, beldagi kamarni kengaytiriş bilan semirişni töxtatsa böladi degan gapga öxşaydi», deb yozgandi maşhur olim Lyuis Mamford 1963 yildayoq. Zamonaviy tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan.

Keng yöllar «yetib oliş effekti» (Rebound Effect) sababli tölib boraveradi, çorrahalarda tiqilinç köpayaveradi.

Yeçim – tor yöllar va yaxşi jamoat transporti

Dunyo 1990 yildan buyon yölda transport vositalari hukmronligidan voz keçib kelmoqda. Yöllar piyodalar, velosipedçilar va tabiat uçun teng taqsimlanmoqda. Şvetsiyada 1994 yilda Vision Zero, keyinroq Niderlandiyada Sustainable Safety, Avstriyada Safe system va boşqa dasturlar amalga oşirildi, natijada yöllardagi jarohatlar soni 50 foizga va undan yuqori darajada kamaytirildi, minglab, ön minglab insonlar hayoti saqlab qolindi. Maqsad – qurbonlar sonini nolga tuşiriş.

Bizda esa doimiy ravişda köpayib bormoqda...

Albatta, holatni jiddiy özgartiriş bir urinişda amalga oşmaydi, qaysidir bir toifaga yoqmaydigan çoralar körişga töğri keladi. Biroq natija hammaga yaxşi böladi: bu jarayon iqtisodçilar tili bilan aytganda «0 yiğindili öyin» emas – kimdir yutsa boşqasi yutqazadigan. Xavfsiz yöllardan avtomobilçi ham, piyoda ham yutadi.

Yöllarni toraytiriş, jamoat transportini qulay qiliş, trotuarlar va ajratilgan velosiped yöllari quriş, yengil relsli transportni köpaytiriş, yöl muhandisligini tuzatiş (yöl belgilari, svetoforlar), piyoda ötiş joylarini köpaytiriş, qonun-qoidalarning qat’iy ijrosi, töğri ta’lim (faqat haydovçilarni öqitiş emas, balki hammani).

Notöğri yöl (Toşkent yöllari):

Foto: wri.org

Töğri yöl:

Foto: wri.org

Tezlikni boşqariş

Şaharlar içida tezlik 30 km/soat bölişi kerak. Hozirda Özbekistonda aholi punktlarida ruxsat etilgan tezlik 70 km/soat.

Ruxsat etilgan tezlikni 70 dan 50 km/soatga tuşirsak, avtomobil manzilga neça soniyaga keçikadi deb öylaysiz? Mana bu tadqiqotga köra, tezlikni 50 km/soatdan 30 km soatga tuşiriş manzilga yetişni har 1 km da 18 soniyaga keçiktiradi, xolos. Bu degani 10 kilometrlik manzilga bor-yöği 3 daqiqa keçroq borasiz, degani. Ammo bu ölim xavfini 80 foizga tuşiradi.  

Yaqinda maktab va boğçalar oldida tezlikni kamaytiriş töğrisida qaror çiqdi. Albatta, bu juda yaxşi. Biroq bolalar maktab va boğçadan boşqa yerlarda ham halok bölmoqda, kattalar ham. Nega tezlikni şahar içida 30 va 50 km/soat qiliş mumkin emas?

«Yöl qurbonsiz bölmaydi»mi?

Köpçilik yöllardagi ölimni normal qabul qiladi, lekin yöldagi ölim va jarohat normal  bölmasligi kerak. «Yöl bölgandan keyin ölim böladi», degan tuşunçadan voz keçiş kerak.

Yöllardagi ölim va jarohatlar faqat yöl harakati iştirokçilarining emas — jamiyatning, ya’ni har birimizning aybimiz degan tuşunçani özimizda hosil qilişimiz kerak. Çunki aynan jamiyat loqaydligi sabab yöl harakatini boşqaradigan idoralar, loyihalaştiriş va quriş böyiça mas’ullarda ham e’tiborsizlik paydo böladi.

Şahardagi avtomobil yöllariga mas’ul bölgan tegişli hokimliklar, mahalliy idoralar, Transport vazirligi, IIV YHXB va boşqa taşkilotlarning har bir ölim uçun javobgarligini oşiriş kerak. Inson qadri ustuvorligi bu sohada ham yuzaga çiqişi kerak.

Jamiyatimizning 90 foiz a’zosi piyoda yuradi, yöllarni kesib ötadi, yöllar va butun infrastruktura şunga mos taqsimlanişi kerak.

Yana bir aytilişi kerak bölgan jihat — Toşkent yöllaridagi avtomobillarning bir vaqtda tiqilib harakatlanişi ekologiyani buzadi. Bu esa alohida örganiladigan va oğriqli masala.

Ötkirbek Xolmirzayev,
Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçisi, PhD