Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani hududida yöl-patrul xizmati xodimi va Cobalt haydovçisi örtasida tortişuv bölgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilişiça, videoda haydovçi multiradar bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimga nisbatan e’tirozlar bildirib, qöpol munosabatda bölgan va tortişuv yuzaga keltirişi natijasida atrofda fuqarolar töplangan.
IIV YHXBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan tegişli hujjatlar töplangan va holat 2021 yil 13 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tumani sudida örganib çiqilgan.
“Fuqaro Ş.A. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Köplab YTHlarga tezlik sabab bölayotgan bir vaqtda, tezyurar, uçar haydovçilarni tartibga çaqiriş maqsadida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyatiga xalaqit bermaslikni söraymiz”, deyiladi xabarda.












