13-19 dekabr kunlari Rossiyaning Yevropa qismida issiq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Rosgidromet direktori Roman Vilfand ma’lumot berdi, deb yozadi Lenta.ru “TASS”ga tayanib.
Manbaga köra, şimoli-ğarbiy federal okrugda payşanba va juma kunlari (16 va 17 dekabr) termometr me’yordan 7-8 daraja issiqni körsatadi. Rossiya janubida, Krasnodar va Rostov ölkalarida hafta boşida havo harorati me’yordan 4-6 daraja yuqori bölişi kutilmoqda.
Volgaböyi, Ryazan va Vladimir viloyatlarida hafta oxirigaça me’yordan 8-9 daraja yuqori harorat kuzatiladi.
Bu holat ğayritabiiy issiqlik “şimolni tösib qöyuvçi” va sovuq havo massalarining hududga kirib kelişiga tösqinlik qiluvçi hodisa bilan boğliqligi aytilmoqda.
“Nega sovuqning bostirib kelişini kutmaymiz? Sinoptiklar: “Şimol yopiq” deyişadi. Bu şuni anglatadiki, şimoliy kengliklarda ğarbdan 60 parallel va undan balandroqda şarqiy ötiş bor. Şimoliy Muz okeanida qançalik sovuq töplanmasin, kelasi hafta u Rossiya hududiga kira olmaydi”, degan Vilfand.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov telegram kanalida yozişiça, mazkur havo tölqini Özbekistondagi havo haroratiga ham öz ta’sirini ötkazadi.
“Özbekistonga katta ehtimol, hafta oxirlarida Kavkaz hududlari orqali Ural-Volgaböyi hududlariga kirib borişi kutilayotgan iliq havo tölqini ta’sir körsatadi va dam oliş kunlari havo iliy boşlaydi.
Yaqin kunlarda Rossiyaga sovuq havo oqimlarining kirib kela olmasligi yoki boşqaça aytganda, Rossiya uçun iliq qiş mavsumi Özbekiston uçun ham iliq qiş kunlari bölişiga olib keladi”, deb yozadi olim.
Avvalroq, hafta boşida Özbekistonda havo harorati pasayişi, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik bölişi xabar qilingandi. Xususan, 14 dekabr kuni Surxondaryo viloyati janubi va Farğona vodiysining ğarbiy va markaziy qismlarida kuçli ğarbiy şamollar esişi aytilgan. Respublikaning boşqa hududlarda yomğir yoğişi va u qorga aylanişi ham mumkinligi bildirilgan.
“14 dekabrda kunning 2-yarmidan Özbekistonga sovuq antitsiklon kirib keladi. Bunda havo soviy boşlaydi. Bu jarayon 16 dekabrga qadar davom etişi kutilmoqda. Havo harorati keçqurun -1 -6 daraja sovuq, kunduzi +2 +7 daraja iliq atrofida böladi”, deya Kun.uz’ga ma’lum qilgandi Erkin Abdulahatov.
Şuningdek, “Özgidromet” 13-15 dekabr kunlari Özbekistonda havo harorati keçalari -3 -8 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqaça, şimolda keçalari -7 -12 daraja sovuqqaça, ba’zi joylarda 14-16 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari -3 daraja sovuq va 2 daraja iliqqaça pasayişini prognoz qilgandi.












