13 dekabr kuni Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik bölmaydi. Lekin boşqa hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir va qor yoğadi. Bu haqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 13 dekabrdan boşlab respublikaga şimoli-ğarbdan sovuq havo oqimlari kirib keladi. Natijada havo harorati hozirgi örtaça sutkalik haroratdan biroz pasayadi.
“14 dekabr kuni Surxondaryo viloyati janubi va Farğona vodiysining ğarbiy va markaziy qismlarida kuçli ğarbiy şamollar esadi. Şamol oqimi havodagi nisbiy namlikni biroz quritadi. Yoğingarçilik bölişi uçun havoda nisbiy namlik yuqori va yoğingarçilik bölişi uçun şaroit bölişi kerak. Uşbu hududlarda 3 kun içida yoğingarçilik kuzatilmasligi ehtimoli yuqori. Surxondaryo viloyati janubi va vodiy viloyatlari markaziy qismlaridan boşqa hududlarda asosan yomğir yoğadi va u qorga aylanişi ham mumkin. Baland toğlarda qor yoğadi.
14 dekabrda kunning 2-yarmidan Özbekistonga sovuq antitsiklon kirib keladi. Bunda havo soviy boşlaydi. Bu jarayon 16 dekabrga qadar davom etişi kutilmoqda. Havo harorati keçqurun -1 -6 daraja sovuq, kunduzi +2 +7 daraja iliq atrofida böladi”, dedi mutaxassis.
Erkin Abdulahatovning aytişiça, kelayotgan haftada Özbekiston ob-havosi 3 jarayon asosida şakllanadi.
“Nam havo oqimi, sovuq havo oqimi va antitsiklon. Bu 3 jarayon kelgusi hafta joylardagi havo harorati va yoğingarçiliklarni belgilaydi. 15-16 dekabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida tuman tuşadi”, dedi iqlimşunos.
Avvalroq, “Özgidromet” respublikada havo harorati pasayişini xabar qilgandi. Xususan, 13-15 dekabr kunlari havo harorati keçalari -3 -8 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqaça, şimolda keçalari -7 -12 daraja sovuqqaça, ba'zi joylarda 14-16 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari -3 daraja sovuq va 2 daraja iliqqaça pasayişi prognoz qilingan.












