Respublikada maşinalar soni yildan yilga oşmoqda. Statistik ma’lumotlarga köra, yöllarda harakatlanayotgan avtomobillar soni ayni paytda 3,8 milliondan oşadi va ularning soni yiliga 14 foizdan köpaymoqda.

Albatta, avtomobillar köpayişi insonlar farovonligi oşayotganining bir belgisi, iqtisodiyot ravnaq topişida tutgan örni, odamlarning uzoqni yaqin qilayotgani bu — masalaning ijobiy tomonlari.

Ammo yöl harakati qoidalariga amal qiliş, yöllarda YTHlar sodir bölişi ortayotgani esa taşvişlanarli holdir. Çunki örtaga insonlar hayoti tikilgan.

Birgina 2021 yilning 10 oyida respublika yöllarida 7681ta yöl-transport hodisalari qayd etilgan bölib, 1964 kişi hayotdan köz yumgan va yana 6886 kişiga turli oğirlikdagi tan jarohatlari yetkazilgan.

YTHlarning aksariyati piyodalar va bolalar iştirokida sodir bölgani yanada ayançli. YTHlarning juda katta qismi avtolar katta tezlikda harakatlanadigan xalqaro trassalarda emas, davlat ahamiyatidagi içki yöllarda, şaharlarda va aholi punktlarida sodir bölgan.

Piyodalar yöllarning qatnov qismini kesib ötişdagi e’tiborsizligi ham ayançli oqibatlarga olib kelayotganini unutmagan holda aytiş joizki, yöllarda ölim va oğir tan jarohati yetkaziş bilan boğliq avariyalarning asosiy sabablardan biri qoidabuzar haydovçilardir.

Samarali tizim yetişmayapti

Afsuski, hozir bunday qöpol haydovçilarni öz vaqtida aniqlovçi, ularni jazolaş va tartibga olişning samarali tizimi amalda yöq.

Avtotransport vositalarini rasmiylaştiriş juda qimmatligi sababli mavjud tizim boş işonç qoğozi bilan maşina boşqarayotgan potensial qoidabuzar haydovçilarni kuzatişga xalaqit beradi.

Bu masala xususida saytda avval ham batafsil